Jamiyat

Oʻzbekistonda "Sputnik V" vaktsinasining regionlarga tarqatilishi jarayoniga start berilmoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik V"
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Oʻzbekistonda aholini 1 apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan.
TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Oʻzbekistonda bugundan "Sputnik V" vaktsinasi regionlarga yetkazib berilishi jarayoniga start beriladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot-xizmati vakili maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonga 3ta vaktsina kirib kelgan boʻlsa, uchala vaktsina, shu jumladan "Sputnik V" vaktsinasi ham birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori boʻlgan va tibbiyot muassasalari xodimlari emlanishi uchun moʻljallangan.
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston Rossiyadan “Sputnik V”ni yetkazib berish hajmini koʻpaytirishni soʻradi
Oʻzbekistonda aholini 1 apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan.
Shu kungacha, Oʻzbekistonga 660 ming doza AstraZeneka, 2 mln doza oʻzbek-xitoy vaktsinasi hamda 100 ming doza Sputnik vaktsinalari olib kelgan. Shu kunga qadar jami 1 million 46 ming dozadan ortiq vaktsina qoʻllanildi, emlangan fuqarolar soni 1 million nafardan oshgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, shu kunga qadar Oʻzbekistonda vaktsina olgan fuqarolar orasida oʻlim holatlari qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala