Dunyoda

Tokiodagi Olimpiadagi qarshi petitsiya 200 mingga yaqin imzo toʻpladi

© REUTERS / Kim Kyung-Hoon/PoolTalisman Letney Olimpiadы v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix kolets posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Talisman Letney Olimpiadы v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix kolets posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga qarshi petitsiya 47 soat ichida 191 mingdan koʻp imzo toʻpladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri Kseniya Naka.
Imzo toʻplanishi 5 may kuni soat 12 da jamoat va siyosiy arbob Kendzi Utsunomiya tomonidan boshlangan. Oʻtgan yili u Yaponiya poytaxti gubernatorligi saylovlariga oʻz nomzodini qoʻygan edi.
Qirq yetti soat ichida "Hayotlarni qutqarish uchun Tokiodagi Olimpiadani bekor qilishni talab etamiz" deb nomlangan petitsiyani 191 552 kishi imzolagan.
Talisman Letney Olimpiadы v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix kolets posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Foto
Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 100 kun qoldi
Petitsiya 17 may kuni Yaponiyaga tashrifi kutilayotgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Tomas Bax, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi rahbari Endryu Parson, Olimpiada masalalari boʻyicha vazir Tamayo Marukava, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi rahbari Seyko Xasimito va Tokio gubernatori Yuriko Koike nomiga yoʻllangan.
Petitsiyada XOQ, XPQ, Yaponiya hukumati va Tokio maʼmuriyati "Olimpiya oʻyinlarini zoʻrlik bilan oʻtkazishga harakat qilishayotgani" koʻrsatib oʻtilgan.
"Bu orada, nafaqat Tokio, balki regionlarda, shuningdek, dunyoning barcha davlatlarida koronavirus pandemiyasi toʻxtagani yoʻq. Oʻtgan yilning oxirida boshlangan emlash ishlari bugungi kunga kelib Yevropa va AQSH regionlarining bir qismidagina ilgarilagan va hozircha kasallik tarqalishini toʻxtata oladigan hal qiluvchi omilga aylangan emas", - deyiladi petitsiyada.
Olimpiyskiye koltsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Sport
Yana toʻrt nafar oʻzbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Shuningdek, petitsiyada hozirda Yaponiyada tibbiy personal yetishmovchiligi muammosi oʻtkir ekanligie, agar resurslarning bir qismi sportchilar va ular bilan birga kelgan insonlarning tibbiy taʼminotini taʼminlash, analizlar oʻtkazish va sportchilar sogʻligʻini nazorat qilish uchun yoʻnaltiriladigan boʻlsa, mamlakatdagi holat ogʻirlashishi mumkinligi qayd etilgan.
Hozirda Tokio, Osaka va yana uchta prefekturada koronavirus kasalligi oshib borayotgani tufayli favqulodda holat rejimi amal qilib turibdi.
Kutilishicha, bugun ushbu prefekturalarning toʻrttasida bu tartib 31 mayga qadar uzaytiriladi va yana ikkita regionga ham bu holat joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala