Deputat: Samarqandda noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo domov
Stroitelstvo domov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2021
Obuna bo‘lish
Deputat Ahrorov ushbu masalaga yechim topish maqsadida tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi
TOShKENT, 8-may – Sputnik. Samarqandlik deputatlar noqonuniy qurilishlar bo‘yicha soha mas’ullari va prokurorni eshitadi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttizinchi sessiyasida deputat Aziz Ahrorov navbatdagi sessiyada qurilish sohasi mas’ullarining hisobotini eshitish taklifini bildirdi.
Opustevshaya stroyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2019
"O‘zboshimchalik oqibati": Samarqandda noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar buzilmoqda

“Nazarimda, qurilish, ayniqsa, xususiy ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi borasida noqonuniy ishlar ko‘payib borapti. <...> noqonuniy qurilmani soha mutasaddilari, hatto prokuratura ham to‘xtatolmayapti, shekilli. Xuddi shunga o‘xshash holat Samarqand shahrining yana bir hududi – Minsk ko‘chasida kuzatilyapti. Bitta narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerak, ertaga mulkiy da’vo paydo bo‘lsa to‘lov mahalliy budjetdan amalga oshiriladi. Ya’ni, odamlarimiz "yemagan somsaga pul to‘lashlari"ga to‘g‘ri keladi”,

- deputat Aziz Ahrorov.

Ahrorov “Nima uchun deputat so‘roviga bunday munosabatda bo‘linyapti, nega noqonuniy qurilishni to‘xtatishga prokurorning ham kuchi yetmayapti?”, degan savollarni o‘rtaga tashlab, tizim mutasaddilari va tegishli huquq-tartibot organlari sessiyada hisobot berishini taklif qildi.
Deputatning taklifi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Yangiliklar lentasi
0