Siyosat

Focus: "Poseydon" va "Tsirkon" Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga yordamlashadi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishTyajelыy atomnыy raketnыy kreyser "Admiral Naximov" v Barentsevom more
Tyajelыy atomnыy raketnыy kreyser Admiral Naximov v Barentsevom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obroʻni va AQSH va Xitoy oʻrtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni taʼminlab beradi.
TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Boshqaruvchisiz boshqariladigan "Poseydon" suvosti droni va gipertovushli "Tsirkon" raketasi Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga va milliy suverenitet xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi, deb yozadi Focus eksperti Tomas Yeger. RIA Novosti xabari asosida.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Yeger fikriga koʻra, kosmosdagi qarama-qarshilikning kuchayishi - Qoʻshma Shtatlarda yangi turdagi kosmik qurolli kuchlarining yaratilishi buning dalilidir, - shuningdek, Xitoyning kosmik stantsiyani qurish rejalari Rossiyaga qudratli derjava maqomini saqlab qolishga xalal berishi mumkin, shu bois u oʻzining "strategik qoʻrqitish potentsialini" modernizatsiya qilmoqda.
Maqola muallifi bunda "Poseydon" (2M39) suvosti atom droni va "Tsirkon" (3M22) gipertovushli raketasini ajratib koʻrsatgan.
Ekspert 2M39 haqida toʻxtalar ekan, Rossiya endilikda okean tubidan turib yadroviy zarba bera olishini qayd etgan.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
"Maʼlumotnomada keltirilishicha, "Poseydon" katta tezlikda dushman qirgʻoqlariga yaqinlashib, u yerda radioaktiv tsunamini yuzaga keltiradi", - deya tushuntiradi u.
"Tsirkon" raketasiga keladigan boʻlsak, Yeger uning ulkan tezligini eʼtirof etgan holda, aynan shu tufayli 3M22 zarbasini qaytarish imkonsizligini qoʻshimcha qilgan.
Rossiya "yanada kuchliroq dahshatga solish maqsadida" raketani modernizatsiyalashni davom etayotganini qoʻshimcha qilgan.
Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obroʻni va AQSH va Xitoy oʻrtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni taʼminlab beradi.
"Putin oʻz davlatini Rossiya va jahon siyosatining yangi bosqichiga olib kelmoqda", — deya xulosa qilgan Yeger.
Prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vыstupleniya s yejegodnыm poslaniyem Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Kolumnistlar
Putin qizil chiziqni aynan qayerdan tortganini Gʻarb juda yaxshi biladi
Rossiya prezidenti ilk bor 2018 yilda Federal kengashga yoʻllagan murojaatida Poseydon suv osti droni ishlab chiqilgani haqida gapirgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday dronlar oddiy singari yadroviy qurollarni ham tashishi mumkin, bu ularga aviatashuvchi guruhlar, qirgʻoq istehkomlari va infratuzilmasini nishonga olib yoʻq qilish imkonini beradi.
"Tsirkon" gipertovushli raketaning ilk sinovlari 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. U toʻqqiz Max tezlikka (tovush tezligidan toʻqqiz marta yuqori) va ming kilometrdan ziyod uchish masofasiga ega boʻladi. Mudofaa vazirligida taʼkidlashganidek, raketa 885, 885M, 949AM loyihasidagi atom suvosti kemalari, 22350, 23560 loyihasidagi suv usti kemalari, shuningdek, 1144.2 loyihasidagi "Admiral Naximov" kreyserini qayta qurollantirish uchun moʻljallangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala