Jamiyat

Oʻzbekistonning 5ta viloyatida loyiha: inson taraqqiyoti orqali qishloq taraqqiyoti sari

© Flickr / Stanislav MagaySelxozugodya v Uzbekistane
Selxozugodya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Loyiha inson omilini— tanlangan qishloq aholi yashash punktlari aholisining maʼlumoti va salomatlik darajasini tahlil etishdan boshlanadi. Eng faol shaxslar Mahallani rivojlantirish guruhiga kirishi va oʻz qishlogʻi uchun nima qilish kerakligiga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Oʻzbekistonning 5ta: Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 300dan ziyod qishloq aholi yashash punktlarini qamrab olgan "Qishloq infratuzilmasining taraqqiyoti" loyihasi amalga oshiriladi.
2020—2024 yillarda amalga oshiriladigan loyiha tashabbuskori Oʻzbekiston Iqtisodiy taraqqiyot vakambagʻallikni qisqartirish vazirligidir.
Iqtisodiy taraqqiyot vakambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Butunjahon banki va Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari bankining mazkur qoʻshma loyihasi 2021 yil boshidan start olgan.
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Jamiyat
Yoʻllar, yangi markazlar va uylar: “Obod qishloq” dasturida qanday ishlar amalga oshiriladi
Loyiha inson omilini— tanlangan qishloq aholi yashash punktlari aholisining maʼlumoti va salomatlik darajasini tahlil etishdan boshlanadi.
Bu har bir alohida qishloq uchun eng ahamiyatga molik masalalari boʻyicha "Yoʻl xaritasi"ni tuzish imkonini beradi.

Bu nima uchun infratuzilma bilan bogʻliq?

Hammasi juda oddiy — sifatli ichimlik suvi boʻlmagan joyda toʻlaqonli salomatlikni taʼminlab boʻlmaydi. Bu hali qishloq ahlining toʻlaqonli salomatligi uchun zarur sharoit va ularning sogʻligi, oʻzini oʻzi namoyon qila olishi imkoni oʻzaro bogʻliqligiga birgina misol.
Loyiha jarayonini kuzatish qiziq, chunki tahlil etiladigan masala va muammolar boshqa qishloq aholi yashash punktlari va u yerlarda yashayotgan odamlarga hamxos boʻlishi mumkin.
Maxallya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston hukumati qishloqlardagi hayot tarzini yaxshilashga 21 trillion soʻm yoʻnaltiradi
U yoki bu vaziyatdan qanday chiqishni ham loyiha koʻrsatadi. Tanlangan (ilk) qishloqlar aholisida taʼlim olish, eng muhimmasalalarga birgalikda yechim topish, va nihoyat, ularni hal etishda bevosita ishtirok etish imkoni boʻladi. Eng faol shaxslar Mahallani rivojlantirish guruhiga kirishi va oʻz qishlogʻi uchun nima qilish kerakligiga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala