Jamiyat

Toshkentda "urushning mitti guvohlari" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

© Dilshoda RaxmatovaPrezentatsiya proyekta "Malenkiye svideteli voynы"
Prezentatsiya proyekta Malenkiye svideteli voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 76 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Urushning mitti guvohlari" loyihasi tashabbuskorlari Podrobno.uz agentligi va "Kapitalbank" ATB. Kitob rus tilida boʻlib, Oʻzbekistondagi maktab, kutubxona va muzeylarga yetkaziladi.
TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 76-yilligi arafasida Toshkentda bolaligi zalvorli urush yillariga toʻgʻri kelganlar xotiralari albom koʻrinishida chop etildi. Kitobda yetim bolalar, blokadadan omon qolganlar va kontslager asiri boʻlgan insonlar xotiralari oʻz aksini topgan.
"Urushning mitti guvohlari" deb nomlangan nashr 1 ming adadda chop etilgan va mamlakatdagi maktablar, kutubxonalar va muzeylar uchun moʻljallangan. Loyiha muallifi - Podrobno.uz agentligi, "Kapitalbank" ATB esa loyiha homiysi boʻldi.

"Biz uchun bu ijtimoiy loyihadir. Biz hozirgi avlod ota-bobolari jasoratlarini hamisha yodda saqlashlarini, musaffo osmonni va bugun biz ega boʻlgan barcha narsalarni qadrlashlarini istaymiz. Biz yoshlarimiz yaxshilik va mehr, bagʻrikenglik va saxovat, olijanoblik va insonparvarlik haqida mudom yodda tutishlarini istaymiz. Insonlar jasorati u haqda xotirlashsa mangu yashaydi".

Alisher Mirzayev "Kapitalbank" ATB boshqaruvi raisi

© Dilshoda RaxmatovaAlbom "Malenkiye svideteli voynы"
Albom Malenkiye svideteli voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Albom "Malenkiye svideteli voynы"

Loyiha mualliflari hayotning oʻzi ularni harbiy mavzuni yangicha rakursdan qayta koʻrib chiqishga turtki berganini aytishadi. Afsuski, Ikkinchi jahon urushi maydonlarida jang qilgan faxriylar soni juda kam qoldi, ammo bolaligi urushning ogʻir kunlariga toʻgʻri kelgan, urushning barcha dahshatlari va mashaqqatlarini boshdan kechirib, omon qolganlar koʻp va urush mitti nigohlarda qanday gavdalanganini ular juda yaxshi xotirlashadi.

"Ushbu kitobda siz oʻsha dahshatli urush bolalarining haqiqiy va boʻrttirilmagan xotiralariga duch kelasiz. Bu ular qay tarzda kontslagerlarda jasadlarni tashiganlari, yoki yaqinlarini yoqib yuborishganini oʻz koʻzlari bilan koʻrishgani yoki boʻlmasam fashistlarning vahshiyona qilmishlari tufayli ming-minglab insonlar qirilib ketishgani haqidagi xotiralardir. Bunda barchasidan judo boʻlgan, ammo taslim boʻlmagan, oʻzi och qolib, oxirgi non uvoqlarini boshqalar bilan boʻlishgan bolalar xotiralari ham bor. Ular bugun avlodlardan iltimos qilayotgan asosiy narsa - Gʻalaba qanday mashaqqat va judoliklar bilan erishilganini yodda tutish va bu singari hodisalarga boshqa hech qachon yoʻl qoʻymaslikdir".

Andrey Teshayev "Podrobno.uz" AA bosh muharriri

Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ham ushbu loyiha ahamiyati va oʻziga xosligi haqida toʻxtalar ekan, bunday tashabbuslar jamiyatni jipslashtirishini taʼkidladi.

"Albatta, yillar oʻtib ketdi, biz endilikda oʻz tashvishlarimiz bilan bandmiz, lekin oʻtmishdagi Gʻalaba va uni erishish uchun sodir etilgan jasoratlarni, qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz kerak. Oʻtgan yili mamlakatimizda noyob Gʻalaba bogʻi yaratildi. Meni fikrimcha, ushbu bayramda hammamiz farzandlarimiz bilan shu bogʻga aylangani borsak, foydadan xoli boʻlmasdi, toki kelajak avlod ham bizning umumiy tariximizni bilsin. Sababi, faxriylarimizni yilda bir marta emas, balki har kun, hamisha yod etishimiz va ularga hurmat koʻrsatishimiz ham qarz, ham farz".
Taqdimotda soʻzga chiqqan Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov oʻzbekistonlik hamkasblariga tarixga, ayniqsa, Ulugʻ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga boʻlgan oʻta ziyrak va ehtiromli munosabat uchun minnatdorlik bildirdi.

"Men chet elda juda koʻp ishlaganman va koʻplab mamlakatlarda boʻlganman. Afsuski, hamma joyda ham, hatto MDH makonida ham bizning umumiy tariximizga bunday ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan qarashlarini koʻravermayman. Oʻzbekiston bu maʼnoda juda hayratlantirmoqda va bu yoqimli, albatta. Oʻtgan yili ochilgan Gʻalaba bogʻi ham bu gapimning yaqqol tasdigʻidir. Tariximizni soxtalashtirishlariga va buzib koʻrsatishlariga aslo yoʻl qoʻymasligimiz kerak va bu bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbdir, sababi bunga urinishlar muntazam kuzatilmoqda. Bu singari loyihalar esa xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlaydi va biz ularni doimo qoʻllab-quvvatlashga va bunga oʻz hissamizni qoʻshishga tayyormiz".
Oleg Malginov, RF Oʻzbekistondagi elchisi

"Urushning mitti guvohlari" kitobi hozircha faqat rus tilida nashr etilgan, loyiha ishtirokchilarining aytishicha, albomga boʻlgan talab juda yuqori, shu bois tirajni toʻldirishga ehtiyoj bor. Bundan tashqari, kitobni oʻzbek tilida nashr etish ham rejaga kiritilgan. Bukletning elektron versiyasi ham mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala