WSJ: Yevropa AQShdan Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishga shoshmaslikni so‘ramoqda

Obuna bo‘lish
WSJ xabariga ko‘ra, ayrim davlatlar, jumladan Germaniya, Shtatlardan yaqin sharq mamlakatidan chiqishni 18-iyulga qadar kechiktirishni so‘ragan.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Yevropalik ittifoqchilar AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni keyinga qoldirishini va NATOning boshqa a’zolariga mamlakatni tark etish uchun ko‘proq vaqt va ko‘mak berishini talab qilishmoqda. Bu haqda Wall Street Journal rasmiy shaxslarga tayangan holda xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Vashington koalitsiya bo‘yicha sheriklariga ularning qo‘shinlari chiqarilishi vaqtida moddiy-texnik ko‘mak ko‘rsatish va’dasini bergan. Ammo ayrim mamlakatlar Afg‘onistonni belgilangan vaqtda tark etishga ulgurmasligini ma’lum qilib, amerikalik harbiylarni to‘rtinchi iyuldan keyin ham qoldirishni so‘rashgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Tolibon”* Afg‘oniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Ilgariroq Tolo News kanali o‘z manbalariga tayangan holda AQSh va "Tolibon" radikal harakati Afg‘onistondan amerika qo‘shinlarini chiqarishni iyul oyi boshiga yakunlash imkonini ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.
WSJ xabariga ko‘ra, ayrim davlatlar, jumladan Germaniya, Shtatlardan Yaqin Sharq mamlakatidan chiqishni 18-iyulga qadar kechiktirishni so‘ragan.
AQSh hukumati esa bunga javoban qo‘shinlarni olib chiqish, ittifoqdoshlar iltimosini qanoatlantirish maqsadida, ikki yoki undan ortiq haftaga kechiktirilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
O‘zini tanishtirishni istamagan rasmiy shaxslar so‘zlariga ko‘ra, yana bir murakkab jihati shundaki, ko‘p yillardan buyon Qobuldagi aeroport xavfsizligini ta’minlab kelayotgan Turkiya ham ayni vaqtda AQSh va NATOga o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Manbalarni fikriga ko‘ra, Turkiya kuchlarining potensial chiqarilishi ayrim G‘arb davlatlarini mamlakatda hatto qisqartirilgan diplomatik kontingentlarni saqlab qolish rejasini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin.
Aeroportda xavfsizlikni ta’minlashning ehtimoliy muqobili – xalqaro yollanma kuchlar bo‘lib, nashr ta’kidiga ko‘ra, ular ham o‘z himoyasini kafolatlovchi qo‘shinlarsiz bu mamlakatda qolmasa kerak.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
“Tolibon”* qanday qilib Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini haydab chiqarmoqda
AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari 2001-yilda Afg‘onistonda harbiy operatsiyani boshlashgan. Operatsiya 2001-yil 11-sentabrdagi teraktga javoban e’lon qilingan "Yengilmas Ozodlik" kampaniyasining bir qismi edi.
2014 yilda Afg‘oniston, AQSh va NATO ittifoqchilarga mamlakatda cheklangan harbiy kontingentni saqlashga imkon beruvchi xavfsizlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. 2015-yil 1-yanvardan boshlab, jangovar operatsiya o‘rnini "Qat’iy ko‘mak" noharbiy missiyasi egalladi.
2020 yilda AQSh va "Tolibon" radikal harakati 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi kelishuvga imzo chekdilar, unda chet el qo‘shinini mamlakatda zo‘ravonlik tugagandan so‘ng shu yil may oyida olib chiqib ketish ko‘zda tutilgan. Hozir Afg‘onistonda NATOning o‘n mingdan kam qo‘shini va alyans bo‘yicha sherik-davlatlar qolmoqda, shu jumladan 2,5 ming amerika harbiylari ham. Ularning asosiy vazifasi afg‘on xavfsizlik kuchlarini o‘qitish va tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0