Iqtisod

Byudjet xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar OAVda eʼlon qilinadi - tafsilotlar

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishMonetы Rossii
Monetы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Nizom bilan byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida ochiq maʼlumotlarning mazmuni va joylashtirish muddatlari tartiblari belgilandi.
TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berishicha, Agentlik, Moliya vazirligi, hamda Hisob palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga binoan barcha darajadagi byudjet mablagʻlari taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchilar hamda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direktsiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi belgilanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Siyosat
Mirziyoyev: endi byudjet mablagʻi talon-toroj boʻlsa, prokurorlar ham javobgar boʻladi
Jumladan, nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
- byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida ochiq maʼlumotlarning mazmuni va joylashtirish muddatlari;
- rasmiy veb-saytlarga joylashtirib boriladigan maʼlumotlarning shakllari;
- byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida ochiq maʼlumotlarni joylashtirish tartiblari.
Shu bilan birga quyidagi maʼlumotlarni joylashtirish majburiy qilib qoʻyildi:
- Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan soliq va bojxona imtiyozlari roʻyxatini, shuningdek tadbirkorlik subʼyektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
- davlat organlari tomonidan ularning byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromadi va xarajatlari ham endilikda ushbu Nizom bilan tasdiqlangan tartib boʻyicha har chorak yakunlariga koʻra oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borish. Ushbu oʻzgarishlar natijasidab davlat organlarining yudjetdan tashqari mablagʻlari shakllanish yoʻnalishlari va ushbu mablagʻlarni qanday maqsadlarda sarflanayotganligi boʻyicha maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Iqtisod
Uch oy ichida 211,2 mlrd soʻmlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi
Shu bilan birga Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarining xarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi, xarajatlari hamda davlat xaridlari yuzasidan maʼlumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib borishi; davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar "Ochiq byudjet" axborot portaliga joylashtirib borishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala