Jamiyat

Yomgʻir va momaqaldiroq: Oʻzbekistonda 9 may kuniga ob-havo

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishDojd
Dojd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2021
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Oʻzgidromet 9 may kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi boʻyicha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, kunduzi mamlakat hududiga janubdan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarda kuchayish 23-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26° boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli bщlishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala