Toshkentda Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasi yod olindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 76-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tdi. Asosiy tadbirlar G‘alaba bog‘ida, shuningdek "Birodarlar qabri" yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Yomg‘irli ob-havo bo‘lishiga qaramay, 9-may kuni ertalab Toshkentdagi Volgograd qabristonida odamlar gavjum. Minglab shaharliklar musaffo osmon va ona vatanining ozodligi uchun jonini fido qilgan qurbonlar xotirasini yodga olish uchun keldilar.
Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlari mangu olov yoniga gul qo‘ydilar. Marosimda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbariyati va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0