Kolumnistlar

Amerikaliklar Rossiyaga “afgʻon bombasini” tashlayaptimi?

© AFP 2018 / LUKE SHARRETTAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Aprel oʻrtasida Jo Bayden Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqish sanasini 1 maydan 11 sentyabrga koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qilgach, mamlakatda koʻproq qon toʻkilmoqda – zoʻravonlik keskin oʻsdi, qurbonlar yuzlarcha.
Birgina 8 may kuni Kobulning Dashti Barchi tumanida qariyb 16 kishi halok boʻldi, asosan 11-15 yoshli oʻquvchi qizlar. Nimalar roʻy beryapti? Kimdir qoʻshinlarni olib chiqishni juda xohlamaydi yoki aksincha, kimdir amerikaliklarni qistovga olyapti, chiqish ketish joyini koʻrsatyapti? Ular ketgandan soʻng nima boʻladi?
Rossiya uchun bu muhim masala: SSSR parchalanganiga qaramasdan, bizning Afgʻoniston bilan, umuman olganda, ilgariday chegaramiz umumiy. Afgʻoniston bilan sobiq sovet chegarasining katta qismi toʻgʻri keladigan Tojikiston KXSHTga aʼzo, yaʼni bizning harbiy ittifoqdoshimizdir.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Dunyoda
Rahmon tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashni mustahkamlash boʻyicha topshiriq berdi
Afgʻoniston bilan chegaradosh Oʻzbekiston va Turkmaniston ham bizning milliy manfaatlarimiz va javobgarligimiz zonasiga kiradi.
Agar Afgʻonistonda toʻlaqonlik fuqarolar urushi oʻt olsa, uning tutuni butun Oʻrta Osiyoni qoplaydi, eng yomon holatda esa alangasi oʻtadi, axir Afgʻonistonda yuqorida tilga olingan uchta sobiq sovet respublikalarida ham boʻlgan oʻsha xalqlar yashaydi.
Rossiyada hatto amerika qoʻshinlarining olib chiqilishi magʻlubiyat emas, sal boʻlmasa bizga qarshi diversiya degan sadolar yangramoqda: deyishyaptiki, Vashington shu tarzda Kremlning diqqatini sharqqa qaratmoqda va ruslarning Oʻrta Osiyo hodisasini bartaraf qilishga barcha kuchlarini ishga solishiga toʻgʻri keladi. Balki, umuman amerikaliklardan qolishlarini soʻrashimiz kerakdir?
Shunga oʻxshash soxta konspirologiya kulguli: amerikaliklar Afgʻonistonda istagan narsalaridan hech narsaga erishishmadi (ularning barcha orzulari avvaldan xayoliy va absurd boʻlgani boshqa gap).
Afganskiye voyennoslujaщiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Dunyoda
Afgʻonistonda bir sutkada ikkinchi avtobus minada portladi
“Al Qoida”*ni tugatishdi – uning polklari yoki diviziyalari bor edimi – yoki u islom dunyosining turli qismlarida turli tuzilmalar va guruhlarni bogʻlovchi tarmoqli tashkilot edi va boʻlib qolmoqda?
Ha, guruhlar radikal kayfiyatga ega, biroq Afgʻonistonning amerikaliklar tomonidan ishgʻol qilinishi islom dunyosida yankilarga boʻlgan nafratni kuchaytirdi, xolos. Yaʼni jihodchilar taʼsiri oʻsdi.
“Tolibon”* ustidan gʻalaba qozonishdi? Lekin u yaqinda amerikaliklar ketgandan soʻng Kobulda hukumat tepasiga keladi: yoki hukumat koalitsiyasining bir qismi sifatida tinch yoʻl bilan, yoki harbiy. Oʻshanda yakka kelmaydi.
Amerikaliklar Afgʻonistondan Rossiyaga va Xitoyga (hamda Eronga) bosim oʻtkazish, Yevroosiyoning asosiy mintaqasida doimiy boʻlib turishi uchun platsdarm tuzishni xohlashganmidi? Xohlashgandi, lekin buning uchun Afgʻonistonni boʻysundirish va uni nazorati ostiga olish zarur edi – bu ish qoʻllaridan kelmadi.
Amerikanskiye voyennoslujaщiye v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Dunyoda
AQSH Afgʻonistondagi harbiylarini Markaziy Osiyo davlatiga joylashtirishi mumkin
Amerikaliklar shunchalik ketishga majbur boʻlishmaydi - eng yomon holatda ularning oʻzlari uchun ishlagan oʻn minglab afgʻonlarni oʻzlari bilan olib chiqib ketishlariga toʻgʻri keladi. Oʻsha kollaboratsionistlar, bosqinchilar yordamchilarini – axir ularga nafaqat toliblar bunday munosabatda emas. Yaʼni AQShning Afgʻonistondagi pozitsiyalariga shunchaki putur yetmaydi: ular yoʻq qilinadi.
Biroq AQSH chiqib ketgandan soʻng qoʻshni mamlakatlarda mustahkamlanmoqchi-ku? Mana shanba kuni “The Wall Street Journal” Vashingtton “qoʻshinlarni Afgʻonistondan olib chiqib ketgandan soʻng toliblar ustidan nazorat qilish va qoʻshinlarni joylashtirish uchun mintaqaviy platsdarmlarni izlayapti”.
Koʻrib chiqilayotganlar qatoriga ham qoʻshni mamlakatlar, ham uzoqdagi mamlakatlar kiradi, masalan, BAA, Fors koʻrfazida harbiy dengiz kuchlarini joylashtirish uchun imkoniyatlar tahlil qilinmoqda.
Bayden allaqachon vaʼda qildiki, “Al Qoida”* yoki ISHID* Amerika uchun yoki Afgʻonistondagi manfaatlari uchun xavf tugʻdirsa, Shtatlar havo zarbasini beradi.
Lekin amerikaliklar tezda munosabat bildirish uchun imkoniyatga ega boʻlishni xohlashmoqda, axir 11 sentyabrdan keyin (ayrimlar iyul oʻrtasida deyishmoqda )Afgʻonistonda na amerikaliklar, na biror bir chet el qoʻshinlari qoladi – Amerika elchixonasiga (u yerda 1000 nafargacha kishini qoldirishmoqchi) hujum qilingan taqdirda nima qilish kerak? Pokistondan yordam joʻnatish kerak?
Uzoq, ular bilan munosabatlar yomon, shu bois “harbiy baza yaratish uchun eng maʼqul variant Afgʻoniston bilan bevosita chegaradosh va kerak boʻlganda qoʻshinlarni tezda bir joydan boshqa joyga oʻtishi taʼminlay oladigan Oʻzbekiston va Tojikiston boʻlgan boʻlardi”.
Biroq attang, Amerika rejalarining amalga oshishiga Rossiya va Xitoy xalaqit berishi mumkin, deya yozadi “The Wall Street Journal”. Albatta, shundoy ham: hech kim amerikaliklarning Markaziy Osiyoda mustahkamlanishiga yoʻq qoʻymaydi.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Analitika
Markaziy Osiyo nega oʻz hududida AQSH bazalarini qabul qilmaydi - ekspertlar xulosasi
2001 yil 11 sentyabrdan keyin Rossiya Shtatlarga Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda baza yaratishga imkon bergandi, biroq u payt Rossiya zaif edi, Shtatlar bilan munosabatlar ham faol qarama-qarshilik holatida emasdi. Hozir esa hech qanday, hatto vaqtinchalik amerikaliklarning Oʻrta Osiyoda mustahkamlanishlari haqida gap borishi mumkin emas: 20 yillik Afgʻonistonni istilo qilgandan soʻng ularning mintaqani toʻliq tark etishlariga toʻgʻri keladi.
Uning xavfsizligi uchun Rossiya va Xitoy tomonidan tuzilgan SHHT javob beradi. Unga nafaqat Markaziy Osiyo respublikalari, balki Hindiston va Pokiston ham aʼzo. Tez orada Eron ham toʻlaqonli aʼzo boʻladi.
Yaʼni Afgʻoniston SHHTga aʼzo mamlakatlar bilan toʻliq oʻralgan boʻladi, boz ustiga uning oʻzi kuzatuvchi maqomiga ega. Kobulni SHHTga yaqqol obʼyektiv koʻrsatgichlarga koʻra qabul qilishmagan: istilo qilingan va toʻliq suverenitetdan mahrum mamlakat tashkilot aʼzosi boʻlolmaydi.
SHHT maqsadi – Osiyoda, birinchi navbatda Markaziy Osiyoda tinchlikni qoʻllab-quvvatlash. SHHT hozircha oʻzining tinchlikparvar kuchlariga ega emas, Afgʻonistonga qoʻshin kiritishning hojati, bir istilochini boshqasiga almashtirishning hojati ham yoʻq.
Afgʻonlar qirq yildan ziyod muddat bir-birlari bilan jang qilib keladi, 28 yil esa yana chet el qoʻshinlari bilan. Toʻlaqonli ichki afgʻon muloqoti uchun siyosiy sharoitlarni yaratish kerak.
Tashqi, buning ustiga gʻarb aralashishisiz, lekin barcha davlatlar va qoʻshni mamlakatlarning – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron va Hindistonning faol ishtiroki bilan.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
AQSH ham afgʻonlarni oʻzaro yarashtirishda qatnasha oladi va shart – faqat qoʻshinlar olib chiqib ketilgandan keyin Afgʻonistondagi ularning tarafdorlariga boʻlgan munosabat har qanday muloqot uchun gʻov boʻlishi mumkin.
Nima boʻlganda ham, amerikaliklar ketgandan keyin Afgʻoniston uchun javobgarlikning asosiy yuki SHHT zimmasiga tushadi va ayniqsa uning uch aʼzosi zimmasiga: Rossiya, Xitoy va Pokiston. Bu ham ularning manfaatlari, ham Afgʻoniston xalqi manfaatlari yoʻlida.
Afgʻonistondagi qiyin ichki qarama-qarshilik – unga qoʻl siltash yoki undan harbiy devor bilan oʻrab olish uchun bahona emas. Ikkinchisining imkoni yoʻq ham, birinchisi esa uning qoʻshnilari va buyuk Osiyo davlatlari, jumladan, Rossiyaga manfaatlariga javob bermaydi.
SHHT uchun minimum vazifa – afgʻon muammosining mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik. Maksimum vazifa esa barcha afgʻon tomonlarini real sulh va yangi Afgʻonistonni barpo etishga otlantirish.
Jasur va shuncha musibatni boshdan kechirgan xalq axiyri oʻzining togʻli diyorida tinch-totuv, mustaqil hayot kechirmogʻi lozim. Shveytsariyadagi kabi emas, albatta, Shveytsariya kantonlari ham oʻzaro jang qilgan boʻlsada.
Afgʻoniston Shveytsariya boʻlmaydi – unga gʻarb normalarini koʻchirish mamlakatga ziyon yetkazdi, xolos – biroq u Markaziy Osiyo uchun keskinlik oʻchogʻidan barcha uning doʻstlari uchun tinch qoʻshniga aylanishiga toʻliq haqli.
Faqat afgʻonlarga mustaqil osuda hayotga qaytishlariga yordam berish zarur – oʻzimiz uchun, geosiyosiy manfaatlar va oʻzga strateg eksperimentlar yoʻlida emas.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Manba: RIA Novosti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala