Dunyoda

BMT oʻz xodimlarini “Sputnik V” bilan emlanishga chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Antoniu Guterrish “Sputnik V” bilan emlash ishlarini oʻtkazayotgan mamlakatlarda ishlayotgan BMT xodimlarini bu vaktsina bilan emlanishga chaqirishini aytdi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) oʻz xodimlarini Rossiyaning koronavirusga qarshi“Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishga ruxsat berilgan mamlakatlarda u bilan emlanishga chaqirdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvaga tashrifi arafasida Rossiya OAVlariga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Biz, albatta, “Sputnik” bilan emlash ishlarini oʻtkazayotgan mamlakatlarda ishlayotgan BMT xodimlarini bu vaktsina bilan emlanishga chaqiramiz”, - dedi Gutteresh. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2021
Sport
Tokiodagi oʻzbekistonlik sportchilar “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlanishdi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Puti MT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaktsina taqdim etish taklifini bildirgan edi.
“Sputnik V” vaktsinasidan allaqachon 64 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal maʼlumotlariga koʻra, vaktsinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori koʻrsatgichlardan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala