Siyosat

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy taʼminoti yanada kuchaytiriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishBoyevыe nagradы i yubileynыe medali veterana Velikoy Otechestvennoy voynы
Boyevыe nagradы i yubileynыe medali veterana Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori – 2,5 million soʻm etib belgilanadi.
TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.
Veteran VOV Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2021
Jamiyat
Bulungʻurlik veteranga prezident sovgʻasi topshirildi
2021 yil 10 maydan boshlab 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 million soʻm etib belgilanadi.
Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala