Iqtisod

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 34ta klasterga yogʻ narxi oshishi yuzasidan ish qoʻzgʻatdi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Fotobankka oʻtishProizvodstvo podsolnechnogo masla
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Maʼlum qilinishicha, ayrim paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishgan, bu esa oʻz taʼsirini paxta yogʻining narxiga ham koʻrsatgan.
TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi paxta yogʻi narxlari keskin oshgani yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi, deb xabar bermoqda qoʻmita matbuot xizmati.
Sal avval qoʻmita oʻsimlik yogʻi narxining oshishiga asosan kungaboqar urugʻlari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bogʻliq tashqi muhit taʼsir koʻrsatganini maʼlum qilgan va oʻsimlik yogʻiga QQS pasaytirilishi ushbu holatni barqarorlashtirishiga olib kelishi maʼlum qilingan edi.
Rastitelnoye maslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2021
Iqtisod
Oʻsimlik moyi narxi oshishi sabablari maʼlum boʻldi
Biroq soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar oʻsimlik yogʻiga QQS bekor boʻlsa-da, biroq yogʻ narxi tushmayotganidan shikoyatlar qoldirishmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qoʻyilganligi hamda qoʻyilayotgan texnik chigitning boshlangʻich narxlari aprel oyida oʻrtacha 38 foizga koʻtarilganligi aniqlangan.
Ammo, ayrim paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishgan, bu esa oʻz taʼsirini paxta yogʻining narxiga ham koʻrsatgan.
Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlangʻich narxlarini kelishib sunʼiy oshirish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34ta paxta-toʻqimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ish qoʻzgʻatilgan.
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻi tanqisligi boʻlishi mumkinmi?
Eslatib oʻtamiz, Senatning oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullangan edi.
Mamlakat ichki bozorlarida oʻsimlik yogʻi narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Unga koʻra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:
- Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek, soya danagini olib kirish;- oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha mablagʻlar aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinmoqda.
- 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda kungaboqar va paxta urugʻlari, kungaboqar yogʻi va paxta yogʻi mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.
Mazkur Qonunning maʼqullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qatʼiy monitoring oʻrnatilishi kutilmoqda. Maʼqullangan qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala