Jamiyat

Oʻzbekistonda davlat xizmatlari muddati qisqartiriladi va toʻlov miqdori kamaytiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o progresse reform v sfere gosuslug
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o progresse reform v sfere gosuslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Xorijiy tajriba asosida, shu yil yakunigacha davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar sonini 200 taga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi islohotlar natijadorligiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, aholiga kuniga oʻrtacha 57 mingtadan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali 30 turdagi xizmat koʻrsatish mumkin, xolos. Undan atigi 11 tasi interaktiv xizmatlar.
Nurafshane otkrыlsya novыy tsentr gosuslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Jamiyat
Nurafshonda yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi
Prezident shu yil yakunigacha davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar sonini 200 taga yetkazish vazifasini qoʻydi. Barcha 716 ta davlat xizmatini inventarizatsiya qilib, ularning muddatlari, toʻlov miqdorlari, shartlari va boshqa talablarini soddalashtirish boʻyicha koʻrsatma berildi.
“Qaysi qishloqda, mahallada qaysi xizmatga ehtiyoj borligiga qarab, shunga sharoit yaratish kerak. Qaysi xizmatlarni arzonlashtirish, qaysilarini bepul qilish masalasini tahlil etib, aholiga yengillik va qulaylik yaratish zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Idoralararo integratsiya darajasini oshirish, buning uchun davlat xizmatlari uchun toʻlovlarning 20 foizini tashkilotlarning axborot texnologiyalari tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirish, qogʻoz shaklidagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala