Kolumnistlar

Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yoʻq

© AFP / MASSOUD HOSSAINIAmerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы "Chinuk"
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Pentagon bazalarining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda boʻlib turishi destruktiv, va bu Afgʻoniston, Iroq, Suriyadagi oʻnlab yillar davom etgan shonsiz jangovar harakatlarda oʻz isbotini topgan.
AQSH harbiy aerodromlari va boshqa obʼyektlarining Afgʻonistondan Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻistonga yoki Qirgʻizistonga koʻchirilishi siyosiy va amalga oshirib boʻlmaydigan ish, chunki bu Afgʻoniston Islom Respublikasidagi urush mantigʻini oʻzgartirmaydi va mavjud mintaqaviy xavfsizlik tizimini yoʻq qilish bilan xavf soladi.
The Wall Street Journal nashri xabariga koʻra, AQSH Afgʻonistondan chiqarilayotgan qoʻshinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishni xohlaydi. Taʼkidlanishicha, Pentagonga bazalar shaxsiy tarkib, dronlar, boshqariladigan bombardimonlar va artilleriya uchun zarur. Qoʻshinlar dislokatsiyasi uchun ehtimoliy joylar sifatida Afgʻoniston shimolidagi qoʻshni davlatlar va Fors qoʻltigʻi mamlakatlari koʻrib chiqilmoqda. Hozircha, aytilishicha, Bishkek, Dushanbe, Toshkent va Nur-Sulton Vashingtondan rasmiy soʻrovlar olmagan.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Kolumnistlar
Amerikaliklar Rossiyaga “afgʻon bombasini” tashlayaptimi?
Ammo amerika OAVlarida tarqalgan va tasodif boʻlmagan maʼlumotlar mintaqada ommaviy-siyosiy notinchlik manbaiga aylanmoqda.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi bergan rasmiy bayonotga koʻra: mudofaa doktrinasi, Konstitutsiya va 2012 yilda qabul qilingan tashqi siyosiy kontseptsiyaga muvofiq respublika hududida xorijiy harbiy bazalar va obʼyektlarni joylashtirish nazarda tutilmagan.

Mudofaa vazirligi pozitsiyasi oʻta aniq, ammo shunday boʻlsa-da, Toshkentda siyosiy qarorlar boshqa darajada qabul qilinadi. Zarurat boʻlganida, chet el harbiy bazasini (amalda) misol uchun, hamkorlikdagi mashgʻulotlar bazasi yoki (yuridik tomondan) logistik markaz deb nomlash mumkin.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Dunyoda
Rahmon tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashni mustahkamlash boʻyicha topshiriq berdi
Rossiyaga 9 may kuni uyushtirilgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi (Moskvaga Gʻalaba paradiga MDH davlatlaridan tashrif buyurgan yagona davlat yetakchisi) Rossiya prezidenti Vladimir Putin bidan afgʻon (amerikadan keyingi masala) boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyati sifatida koʻrinmoqda.
Tojikiston Afgʻoniston bilan eng katta chegaraga ega.
Pentagonga Panj daryosi yaqinida, Islom Respublikasining shimoliy viloyatlariga yaqin masofada "lagerni joylash" qulay boʻlar edi. Ammo, Tojikiston KXSHT aʼzosi; 201-Rossiya harbiy bazasi respublika hududida joylashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning kosmik obʼyektlarni aniqlovchi "Okno-M" optik-elektron majmuasi ham shu yerda joylashgan, u hududni butun sayyora ustida turib kuzatishga qodir. Bu KXSHT mamlakatlari xavfsizligini taʼminlashning strategik elementlaridir, va amaliy jihatdan olganda - AQSH unga qarshi ochiqchasiga dushmanona "tiyib turish" siyosatini olib borayotgan Rossiyaning yetakchi chizigʻidir.

Sharq - nozik masala

Qizil maydonda boʻlib oʻtgan Gʻalaba kuniga bagʻishlangan parad arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmonni qabul qildi. Suhbat boʻlib oʻtdi, uning davomida davlatlar rahbarlari "Afgʻonistondagi vaziyatdan tashvish bildirishdi". Ehtimolga yaqinki, tomonlar Vashingtonning Amerika qoʻshinlarini Afgʻonistondan Tojikistonga koʻchirish rejalarini ham muhokama qilishgan. Qabul qilingan qarorlar haqida hozircha faqat taxmin qilishimiz mumkin.

Boshqa tomondan may oyida The Wall Street Journal tomonidan AQSH armiyasining "afgʻon kontingenti" Oʻzbekiston yoki Tojikistonda joylashtirilishi "afzal koʻrilgani" haqidagi qatʼiy eslatma Vashingtonning amerika harbiy bazasini ushbu tilga olingan ikki mamlakatning birida bosim orqali joylashtirishga erishishidan dalolat beradi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Rossiya mintaqasida va Xitoyning qoʻshnilarida sezilarli harbiy kuchlarga ega boʻlishiga qaramay (ular bilan Vashington ham ziddiyatli munosabatlar oʻrnatgan). Amerikalik nashrning rasmiy manbasi soʻnggi omillar bekor qilinmasligini, aksincha "Markaziy Osiyoda bazalarni joylashtirish rejalarini murakkablashtirayotganini" taʼkidlamoqda.
The New York Times gazetasi aprel oyi oxirida Pentagon, AQSH razvedka agentliklari va Gʻarbdagi ittifoqchilar Afgʻonistondan qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga qoʻshinlar va zarba beradigan samolyotlarni koʻchirish variantlarini muhokama qilayotganini xabar qildi. The Wall Street Journal tomonidan Qozogʻiston tilga olinmagani juda qiziq. Albatta, loyihaning barcha tafsilotlari ommaga maʼlum etilmadi, koʻp narsalar "parda ortida" qolmoqda. Masalan, AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning Oʻzbekiston va Tojikistonda aprel oyida boʻlib oʻtgan muzokaralarining aniq kun tartibi nomaʼlum.
Eslatib oʻtaman, aprel oyi boshida AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) ning strategik rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi Pentagon delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan. Pentagonning respublikaga boʻlgan qiziqishi azaliy va koʻp qirrali. Qoʻshma Shtatlar mintaqadagi harbiy va siyosiy voqealarni nazorat qilishga intiladi. Respublika Qoʻshma Shtatlarning Rossiya va Xitoy taʼsiriga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita kurash uchun oʻziiga xos platforma boʻlib xizmat qiladi.

Fikrimcha, AQSH armiyasi bilan Xonoboddagi boʻlgan oʻtmishdagi negativ tajribaga qaramay, "blokdan tashqaridagi" (Tojikistondan farqli oʻlaroq) Oʻzbekiston Vashington uchun eng qulay muzokarachiga aylanishi mumkin.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
Pentagon va uning ittifoqchilari hukumat kuchlari va toliblar oʻrtasida (boshqa terroristik uyushmalarni hisobga olmaganda) qurolli ziddiyatlar kuchaygan Islom respublikasini tark etishmoqda. Mujohid-jangarilariga qarshi kurash tarixi yakun topmagani aniq. Amerikaliklar titrab-qaqshagan holda Afgʻonistonni shunday tark etish imkoniyatini qidirmoqdalarki, toki yaqin atrofda oʻz harbiy mavjudligini, "kuch proyektsiyasi" vositalarini saqlab qolish imkoni boʻlsin. Vashington shonsiz afgʻon urushi AQSH va uning ittifoqchilariga teskari taʼsir qilishini tushunadi va 2020 yilda tuzilgan "tinchlik" ning ogʻir oqibatlarini Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar zimmasiga yuklashga harakat qilmoqda. Bir vaqtning oʻzida Pentagon oʻzining uzoq muddatli maqsadlarini koʻzlamoqda.

Mintaqa uchun ikki variant

Avvalroq AQSH Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qoʻmitasining raisi general Mark Milli Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlari chiqarilgandan keyingi vaziyat qanday rivojlanishi haqida prognozini aytgan edi: "Men faqat ikkita variantni koʻryapman: yomon boʻladi yoki juda yomon boʻladi". Ehtimol-ki, ushbu xulosa butun mintaqa uchun prognoz qilingan.

Amerikaliklar tomonidan oʻqitilgan, qurollantirilgan va kerakli narsalar bilan taʼminlangan 350 ming kishilik afgʻon armiyasi, "Tolibon" va ID*ning taxminan 50 ming kishilik "qoʻshiniga" munosib qarshi turishga qodir emas. Oʻtgan bir haftada Islom Respublikasida jangovar harakatlar intensivligi oshdi, ularda kuch tuzilmalarining 211 vakili va 15 nafar tinch aholi halok boʻldi. 315 jangari yoʻq qilindi (jangarilar hamisha koʻproq yoʻq qilinayotgandek tuyuladi, ammo Afgʻonistonda negadir ular soni hech kamaymaydi).
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
Dunyoda
Oʻzbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qoʻshildi – afgʻon OAV
Eng rezonansli hujum shimolidagi Bagʻlon provintsiyasining Bogʻlani-Markazi mintaqasida Tolibon * jangarilarining hujumi boʻlib, u paytda oltita harbiy baza va etti davlat posti qoʻlga olindi (100 dan ortiq askar Tolibonga taslim boʻldi). Vardak, Gʻazni, Gilmand va Qunduz viloyatlarida ham qattiq janglar boʻlib oʻtdi. Eʼtibor bering, miqdoriy va sifat tarkibi (jangovar tajribasi va qurol-yarogʻ) mujohidlarga Afgʻonistondan tashqarida operatsiyalar oʻtkazishga imkon beradi.

Toʻrt kun ichida Afgʻoniston hududidan Pokiston chegarachilari va harbiy xizmatchilariga ikkinchi bor hujum uyushtirilgani haqida maʼlumot tarqaldi. Sodir etilgan hujum oqibatida Belujiston viloyatida uch nafar Pokiston chegarachisi halok boʻldi. Maxsus qidiruv operatsiyasi hech qanday natija bermadi. Pokistondagilar jangarilar faollashuvi NATO qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqib ketishi bilan bogʻliq deb hisoblaydi. Bu Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlari uchun juda havotirli faktlardir.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Analitika
Markaziy Osiyo nega oʻz hududida AQSH bazalarini qabul qilmaydi - ekspertlar xulosasi
Vashingtonning Kobuldagi hukumatni Tojikiston yoki Oʻzbekiston hududidan harbiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mintaqaviy rejalari toʻgʻrisida hali ham toʻliq aniqlik yoʻq. Va shunga qaramay, tabiiy ravishda savol tugʻiladi: agar Pentagon va NATO ittifoqchilari 20 yil davomida bevosita Afgʻoniston hududida toliblarga qarshi urushda muvaffaqiyatga erisha olmagan ekan, amerika qoʻshinlari Markaziy Osiyoga "koʻchganidan soʻng" nima oʻzgaradi? ? Ehtimol, Afgʻoniston shunchaki mintaqada Rossiya va Xitoyni "jilovlab turish" uchun qolishga bahonadir. Bunday beqarorlashtiruvchi siyosat Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ikki baravar xavflidir.
* – RF taʼqiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala