Kolumnistlar

Prezident maktabiga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va "aʼlo baho" masalasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Keyingi vaqtlarda nufuzi tobora oshib borayotgan Prezident maktablariga qabul kunlari va kirish imtihoni tartibi maʼlum qilindi. Batafsil Sputnik Oʻzbekiston muxbiri materialida
TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Prezident maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilda pandemiya sababli onlayn amalga oshiriladi, talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni eʼtibor bilan toʻldirishi kerak boʻladi, deya maʼlum qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarova.

Prezident maktablari har bir viloyatda ochiladi

Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida hozirda 16 maktab taʼlim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktablardir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Prezidentskaya shkola v Tashkente
Hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat koʻrsatayotgan edi, ammo joriy oʻquv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktablari Buxoro, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Uch bosqichli qabul

Bu yil Prezident maktablariga qabul uch bosqichdan iborat boʻladi.
Birinchi bosqich - bu hujjatlar qabulidir.
Prezident maktblariga hujjatlar qabuli 5 iyun sanasidan boshlanadi va 25 iyunga qadar davom etadi.
Bu yil pandemiya sababli hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Har bir hudud uchun alohida ishchi guruhlar tashkil etilgan boʻlib, ushbu ishchi guruhlar har bir kelib tushgan hujjatlarni tekshirib, qabul qilib borishadi.

Kirish imtihonlari tafsilotlari

Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat: birinchi: saralash bosqichi matematika fanidan boʻlib, 20-25 iyulga rejalashtirilgan. Talabgorlar bunda 30ta test savoliga javob beradilar.
Ikkinchi: yakuniy imtihonlar 20-23 avgustga rejalashtirilgan boʻlib, oʻquvchi bunda tanqidiy fikrlash, muammolarni yechish va ingliz tili fanidan savollarga javo beradi.
Oʻtgan oʻquv yilida pandemiya sababli kirish imtihonlari boʻlmagan. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9-sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul jarayonlari boʻladi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5 sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ikkita sinfga bir xil - 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi.
Valentina Matviyenko pobыvala v prezidentskoy shkole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2019
Jamiyat
Valentina Matviyenko Toshkent shahridagi prezident maktabini borib koʻrdi
Yangi tashkil etilgan prezident maktablarining 1-yilida 5-10 sinflar kesimida jami 144 nafar oʻquvchilar saralab olinadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining oʻtkazish muddati va joylari Qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qanday hujjatlar kerak boʻladi?

Prezident maktabiga oʻqishga kirishni istagan har bir talabgordan:
1. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoki "kinder" pasport nusxasi;
2. Belgilangan shakldagi maʼlumotnoma (maʼlumotnoma talabgor taʼlim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
3. 3x4 oʻlchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
4. Baholar tabelining nusxasi;
5. Talabgor hamda uning ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasportlari maʼlumotlari (telefon raqami, elektrogn pochta manzili).
Talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng ularga hujjatlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar yuboriladi.

Prezident maktabiga faqat aʼlochilar qabul qilinadimi?

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 oʻquv yilini aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart.
Aniq fanlar - STEM fanlarini "besh" baholarga bitirgan oʻquvchilar imtihonga kiritiladi.
© SputnikPrezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 oʻquv yilini aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 oʻquv yilini aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Xilola Umarovaning aytishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun talabgorlar STEM fanlardan 2020/2021 oʻquv yilini aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart.
Xilola Umarova "Imtihon olinsa, tabeldagi baholar nega hal qiluvchi rol oʻynayapti", degan savolga javob berar ekan, joriy yilda taxminan 200 ming nafar oʻquvchi imtihonga qatnashishi kutilayotgani, va tabeldagi baholar birinchi bosqichda oʻziga xos selektsiya vazifasini oʻtashini maʼlum qildi. "Iqtidorli bola boʻlsa, u bu fanlardan besh olishda qiyinchilikka duch kelmaydi", - deya xulosa qiladi Umarova.

Imtihon natijalari qayerda eʼlon qilinadi?

Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot Cambridge Assessment (Buyuk Britaniya) tomonidan amalga oshiriladi va hamda Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkiloti Cambridge Assessment kirish imtihonlari jarayonlarining shaffofligi va xavfsizligini taʼminlaydi.
Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi.
Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qoʻllagan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi.
Prezident maktabi direktori Toʻraboy Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda prezident maktablari soni yana 10taga koʻpayadi
Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi.
Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish taʼqiqlanadi.
Talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taʼqiqlanadi.
Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari talabgorni majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.
Kirish imtihonlari (1-2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala