Dunyoda

Rahmon tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashni mustahkamlash boʻyicha topshiriq berdi

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Avvalroq Tojikiston yetakchisi rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Afgʻonistondagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini bildirgan edi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afgʻonistonda terrorchilarning faollashgani sabab tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlash boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
Tojikiston yetakchisi 10 may kuni hukumat va prezidentning ijro etuvchi apparati aʼzolari bilan yigʻilish oʻtkazgan. Unda Tojikiston mustaqilligining 30 yilligiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilingan.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Analitika
Markaziy Osiyo nega oʻz hududida AQSH bazalarini qabul qilmaydi - ekspertlar xulosasi
Shuningdek, Emomali Rahmon mamlakatning mudofaa tuzilmalari rahbarlariga tojik-afgʻon chegarasidagi hozirgi vaziyat sabab davlat chegaralarini qoʻriqlashning mustahkamlash va xavfsizlikka oid kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishni topshirgan. Jinoyatchilik, ayniqsa, ekstremizm, terrorizm va giyohvand moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi qatʼiy choralar koʻrish belgilangan.
Avvalroq Tojikiston rahbari Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Afgʻonistondagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini maʼlum qilgan edi.
Hozir bu AQShning qoʻshinlarini olib chiqish toʻgʻrisidagi bayonotini inobatga olgan holda birinchi raqamli mintaqa masalasidir. Ular deyarli yarimidan koʻpini chiqarib ketishdi, mamlakat ichidagi vaziyat esa keskinlashdi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
Kuni kecha Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi qizlar maktabiga hujum uyushtirilgan edi. Sodir boʻlgan portlashda 55 kishi halok boʻlib, 150 dan ortiq odam yaralangan edi. Qurbonlarning koʻpchiligini maktabda oʻqiydigan 11—15 yoshli qizlarni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala