Ramazon Hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda 4 kun dam olish e’lon qilindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRamadan v Kazaxstane
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Ramazon Hayiti munosabati bilan 13-17 may uzuluksiz dam olish kunlari deb e’lon qilindi.
TOShKENT, 11-may - Sputnik. Ramazon Hayti munosabati bilan O‘zbekistonda 4 kun uzuluksiz dam olish kunlari e’lon qilindi.
Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-may kuni imzolangan 5110 va 6222 sonli qarorlarida aytib o‘tilgan.
Ramazon hayitining birinchi kuni 13-may (payshanba) kuni hamda 14-may (juma) va 15-may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Shunday qilib O‘Zbekistonda Ramazon Hayiti munosabati bilan 13-17 may uzuluksiz dam olish kunlari bo‘ladi.
Uzaytirilgan dam olish kunlari O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Ushbu maqsadda, shuningdek, 1-apreldan boshlab Andijon - Xiva, Samarqand - Qarshi - Termiz, Nukus - Urgench - Xiva yo‘nalishlarida qo‘shgimcha parvoz va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0