Jamiyat

Alisher Navoiyni mazax qilgan tiktokerga 15 sutka berildi

© GUVD Samarkandskoy oblasti V Samarkande osudili blogerov kotorыe neuvajitelno otzыvalis ob Alishere Navoi
V Samarkande osudili blogerov kotorыe neuvajitelno otzыvalis ob Alishere Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Alisher Navoiyni haykali oldida bemaʼnilik qilgan blogerlarga 15 sutkadan qamoq jazosi berildi va Navoiy ijodiy faoliyati bilan yaqinroq tanishish tavsiya etildi.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Alisher Navoiy haykali oldida nooʻrin hatti-harakatlar qilib, bemaʼni soʻzlarni aytib qichqirgan samarqandlik tiktokchiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183 moddasiga muvofiq Inomjon Pardayev va Xolov Lazizbekka 15 sutka qamoq jazosi hamda 551 ming soʻmga yaqin jarima toʻlash majburiyati belgilandi.
Maʼlum boʻlishicha 24 yoshli Inomjon Kattaqoʻrgʻon shaharidagi istirohat bogʻida oʻrnatilgan Alsher Navoiy haykali oldida turib buyuk arbobni mazax qiluvchi soʻzlarni aytib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. 21 yoshli Lazizbek esa ushbu videoni suratga olishda yordam bergan.
Ichki ishlar boʻlimida oʻtkazilgan suhbatdan soʻng, ushbu ikkala shaxs oʻz qilmishidan pushaymon boʻlib, Alisher Navoiy ijodining a hamiyatini tushunmaganini aytishgan va boshqa bolerglarga gapiradigan gaplarni oʻylab gapirishni maslahat berishdi.
Shuningdek, ularning qoʻliga Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida yozilgan bir necha kitoblar ham topshirildi. Yaqin 2 hafta ichida ushbu kitoblarni batafsil mutoala qilishga ularning vaqti yetarli boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala