Alisher Navoiyni mazax qilgan tiktokerga 15 sutka berildi

© GUVD Samarkandskoy oblasti V Samarkande osudili blogerov kotorie neuvajitelno otzivalis ob Alishere Navoi
V Samarkande osudili blogerov kotorie neuvajitelno otzivalis ob Alishere Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Alisher Navoiyni haykali oldida bema’nilik qilgan blogerlarga 15 sutkadan qamoq jazosi berildi va Navoiy ijodiy faoliyati bilan yaqinroq tanishish tavsiya etildi.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin hatti-harakatlar qilib, bema’ni so‘zlarni aytib qichqirgan samarqandlik tiktokchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasiga muvofiq Inomjon Pardayev va Xolov Lazizbekka 15 sutka qamoq jazosi hamda 551 ming so‘mga yaqin jarima to‘lash majburiyati belgilandi.
Ma’lum bo‘lishicha 24 yoshli Inomjon Kattaqo‘rg‘on shaharidagi istirohat bog‘ida o‘rnatilgan Alsher Navoiy haykali oldida turib buyuk arbobni mazax qiluvchi so‘zlarni aytib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. 21 yoshli Lazizbek esa ushbu videoni suratga olishda yordam bergan.
Ichki ishlar bo‘limida o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng, ushbu ikkala shaxs o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, Alisher Navoiy ijodining a hamiyatini tushunmaganini aytishgan va boshqa bolerglarga gapiradigan gaplarni o‘ylab gapirishni maslahat berishdi.
Shuningdek, ularning qo‘liga Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida yozilgan bir necha kitoblar ham topshirildi. Yaqin 2 hafta ichida ushbu kitoblarni batafsil mutoala qilishga ularning vaqti yetarli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0