Kolumnistlar

Amerikaliklarning benzinga puli yetmayapti: aybdor ruslar

© REUTERS / COLONIAL PIPELINEToplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
Toplivnыe rezervuarы kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SSHA benzin kompaniyasi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Siz kulasiz, biroq Amerikada yana rus xakerlarini topishdi. Bu gal ular goʻyoki Texasdan Nyu-Yorkkacha choʻzilgan va kuniga 2,5 million barrel qazib oluvchi “Colonial Pipeline” neft quvurini toʻxtatishgan.
FQBning nomi ochiqlanmagan manbalarining “Associated Press”ga sizdirgan maʼlumotlarga koʻra, qandaydir zararli kompyuter dasturi “Colonial Pipeline” egalarini neft qazib olishni toʻxtatishga majbur qilgan. Hozir, faraz qilinishicha, xakerlar kompaniya rahbariyati bilan tovon borasida savdolashmoqda. Soʻnggi uch kunda neft quvuri ishlamayapti, shu sabab esa benzin qimmatlashmoqda va yana qimmatlashadi.
Demokratik partiyaning partiya telekanali CNN kiber hujumni “Darkside” guruhidagi xakerlar amalga oshirgani haqidagi versiyani tarqatdi, bu guruh esa – ha, topdingiz - albatta, ruslar bilan bogʻliq.
Xaker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Rossiya
AQSH Rossiyaga koʻrinmas zarba berishni vaʼda qildi
Dalillar? Qanaqasiga. “Darkside” tarjimasi “qora tomon”ni anglatadi, demokratik dunyoning qora tomonida kimlar yashaydi? Albatta, ruslar. “Darkside”ning rasmiy sayti va bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlari bor. Ular orqali bugun amerikalik jurnalistlar ular bilan bogʻlanishga urinishmoqda. Oʻz sayti va bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlari yozilgan bu qanaqa xakerlar boʻldi, deb soʻrashingiz mumkin. Ehtimol, bu ruslarning jumboqli koʻngli.
Aslida xakerlar haqidagi ertaklar Bayden davrining noxush iqtisodiy voqeligini oqlashga qaratilgan. Gap shundaki, Tramp prezidentligi davrida mamlakatda benzin oʻrtacha galloni uchun ikki dollardan edi (taxminan bir litri uchun yarim dollardan). Bugun gallon uch yarim – toʻrt dollargacha qimmatlashdi. Kalifarniya shtatida bir gallon uchun narx besh dollarga qarab ketmoqda. Bu bir litr benzin oddiy kaliforniyalikka 100 rubldan ziyodga tushishini anglatadi.
“Colonial Pipeline” bilan tushunarsiz narsalar (hatto u yerda nima roʻy bergani muhim emas) yoqilgʻi narxining keyingi keskin koʻtarilishi uchun vaj boʻladi. U nimalarga olib kelishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Koʻchib oʻtish, tashishning qimmatlashishi, deyarli hamma narsaning narxi oshishi – aviachiptalardan tortib mahsulotlargacha. Qisqasi, amerikaliklar ilgari uni aktsiyalar va koʻchmas mulkka kiritgan inflyatsiya barcha bandlari bilan oʻzini koʻrsatadi.
Ajoyiblik shundaki, bu inqiroz qoʻl bilan keltirib chiqarilgan. Bayden Oq uyga kirar-kirmas, slants neftini qazib olishni chekladi, “Keystone XL” neft quvuri loyihasini yopdi, yashil energetikaga sarmoya kiritishni vaʼda qildi. Bularning hammasi qazib olishni koronavirusga qadar darajaga tiklashga imkon bermadi.
Posolstvo RF v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2020
Rossiya
Rossiya AQSH Moliya vazirligiga uyushtirilgan kiberhujumdagi ayblovni asossiz deb atadi
Rus neftchilarini qora oltinga boʻlgan narxni tushirib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilish rejalari ish bermadi. Rejaga qaramasdan, 2020 yilda faqat amerika slantschilari oʻzidan oʻzi yoʻq boʻldi. Hozir, pandemiyaning avj olgan pallasidan soʻng, yoqilgʻiga boʻlgan talab oshmoqda, mamlakat boʻylab ommaviy safar qilish mavsumi boshlanmoqda, talabni hech narsa bilan qondirib boʻlmaydi. Benzin narxi osmonga chiqishiga ajablanarli emas.
Tsivilizatsiyaga erishgan mamlakatlarda yoqilgʻi narxini ushlab turish uchun turli moliyaviy vositalar bor. Rossiya, masalan, koʻp yillardirki dempfer mexanizmidan muvaffaqiyatli foydalanadi. Bugun mamlakatning dunyoda yoqilgʻining past narxi bilan faxrlanishga haqqi bor.
Ammo rivojlangan Shtatlarda Greta Tunberg orzusini roʻyobga chiqarishni afzal bilishadi: amerikaliklar uyda oʻtirishibdi, chunki benzin olishga pullari yoʻq, taʼtilga boshqa joyga uchishmaydi, chunki samolyotga chipta xarid qilish juda qimmatga tushadi, tokchada koʻchat oʻstirishadi, chunki ovqat juda qimmatlashib ketdi.
Aynan shunday yashil kun tartibini Demokratik partiyasi teppadagilari zoʻr berib oʻtkazmoqda. Bir yil avval, neft narxi tarixiy minimumga qulaganda, soʻl demokratlar yulduzi Aleksandriya Okasio-Kortes oʻz tvitterida yozdi: “Siz buni sevasiz, mutlaqo. Neftchimiz tuzilmaviy inqirozda...”
Naftalanskaya neft - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Kolumnistlar
Zahiralar tugamoqda: neft narxi 74 dollarga chiqadi
Aynan oʻsha payt qazib chiqaruvchi sanoatida ishlaydiganlar ommaviy ravishda ishlaridan ayrilishgan, katta va kichik kompaniyalar xonavayron boʻlishgandi, tez orada kongresschi bu tvitini oʻchirib tashlashga majbur boʻlgandi. Biroq internet hamma narsani yodda tutadi: amerika neftchilarini yoʻq qilish – bu Demokratik partiyani moliyalashtirayotgan oligarxlarning yashirin maqsadidir.
“Colonial Pipeline”ga kiber hujum uyushtirilgandan soʻng darhol birja tahlilchilari mijozlarga kiber xavfsizlikka ixtisoslashgan internet gigantlarning aktsiyalarini xarid qilishni tavsiya qilishdi. Shunday gigantlardan biri sobiq CEO - Google᾽dan boʻlgan Erik Shmidt – bugungi kunda Oq uyning kulrang kardinali boʻladi. U himoyasi ostidagilarni yuqoriroq yoki quyiroq lavozimlarga ilgari suradi.
Raqamli korporatsiyalarga egalik qiluvchi amerikalik oligarxlarga amerikalik neftchilarni xonavayron qilish foydali. Ular bilan bir qatorda millionlab oddiy fuqarolar xonavayron boʻlishi, bu korporativ iqtisodiy urushning “hamroh zarari”. “Raqamchilar” qazib chiqaruvchi sanoatiga qarshi, elektrokarlar benzinli dvigatellarga qarshi, soya goʻshti ishlab chiqaruvchilari chorvachilikka qarshi. Harbiy harakatlar teatri AQSH hududi boʻldi, oddiy amerikaliklarning barcha kulfatini Vashington ruslarga agʻdaradi.
Albatta, oshkora tuhmat – Rossiya prezidenti va Oq uy xoʻjayini oʻrtasidagi muzokaralarning yaxshi muqaddimasi emas. Ammo undan bosim uchun foydalanishga urinib koʻrish mumkin. “Suhbatimiz boʻladi, men prezident Putin bilan uchrashishni rejalashtiryapman, - dedi kecha Jo Bayden. – Hozircha maxsus xizmatimiz Rossiya aloqadorligini dalilini topmadi (“Colonial Pipeline”ga uyushtirilgan kiber hujumga), ammo tamagir dastur Rossiyada joylashganining dalili bor. Ularning (ruslarning) javob berishiga toʻgʻri keladi...”
“Rus xakerlari” allaqachon memga aylandi. Uni Amerika hukumati har safar ishlari yurishmaganda undan foydalanishadi. Ayyor rus dasturchilarini nimalarda ayblashmadi deysiz! Demokratik partiya kompyuterlarini buzish, saylovlarga uzluksiz aralashish, oʻtgan yil dekabr oyida Amerika davlat muassasalari kompyuter tarmoqlaridagi uzilishlar, mana endi esa - qimmat benzin. Shu yillar mobaynida jamoatchilikka biror marta ham haqiqiy xaker taqdim etilmadi. Biror marta ham hech qanday dalil keltirilmadi.
Kompressornыe stantsii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Analitika
Rossiya va AQSH Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim toʻldiradi
Bu orada aynan bu yillar ichida AQSH kompyuter jinoyatchiligi boʻyicha mutlaq jahon yetakchisi boʻldi. Amerikaliklar – soʻnggi oʻn yillikning eng mashhur kiber hujumlarning mualliflari. Bu hujumlarning ayrimlari toʻlaqonli harbiy diversiya sifatida koʻringan. Misol tariqasida Eron infratuzilmasi tahdil solgan “Stuxnet” kompyuter virusi faoliyatini olish mumkin.
Rossiya hamisha AQShga xalqaro kiber xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ishni yoʻlga qoʻyishni taklif qilib keladi. Ammo amerikaliklar har doim boʻyin tovlashadi – axir ularning ham qoidaga binoan oʻynashlariga toʻgʻri keladi. Mamlakat inqirozi va fuqarolarning xonavayron boʻlishini har yerda boʻlgan rus xakerlariga agʻdarish osonroq-da.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala