Birinchi sentabrga qadar tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishTS "Aviapark" posle karantina
TS Aviapark posle karantina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda barcha tadbirkorlik subyektlariga 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.
TOShKENT, 12may — Sputnik. 2021 yil 1-sentabrga qadar O‘zbekistonning yirik shaharlari, viloyat va tuman markazlarida savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Hujjatda yozilishicha, savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda barcha tadbirkorlik subyektlari jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.
“Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etilishini ta’minlasin”, - deyilgan hujjatda.
Ko‘chma savdo obyektlari uchun joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi.
Shuningdek, 2021—2023 yillar davomida tuman (shahar)larda 15 ta dehqon bozori va 115 ta savdo komplekslari barpo etiladi. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.
Bundan tashqari, 10 ta yo‘l-patrul xizmati va bojxona postidagi yerlar yengil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarini joylashtirish uchun tadbirkorlarga 3-yilga ijaraga beriladi. Bu nuqtalar asosan haydovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0