Jamiyat

Chirchiqda ish haqlarini ololmagan ishchilar hokimlik binosi oldida namoyishga chiqishdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining maʼlum qismi toʻlab berilgan.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video - hokimlik binosi yaqinida ishchilar namoyishi yuz berganligi hodisasiga rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, ishchilar oʻz ish haqlari toʻlanmagani uchun hokimlik binosi oldida norozilik bildirganlar.
Peshexodnыy perexod v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Hodisalar
Chiroqchida birinchi sinf oʻquvchisi oʻlimi sabab ayollar yoʻlni toʻsib qoʻydi
Ushbu fuqarolar qurilish tashkilotlari tomonidan ishga jalb qilingan boʻlib, haqiqatan ham ularga haq toʻlash borasida kechikish yuzaga kelgan. Ular esa muammoni bartaraf etish maqsadida hokimlik mutasaddilariga murojaat qilish uchun toʻplangan.
"Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining maʼlum qismi toʻlab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar toʻliq hisob-kitob qilishga oʻzaro kelishilgan. Ayni paytda hokimlik tomonidan muammoni hal qilish choralari koʻrilmoqda", — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala