Hindiston hukumati aholidan Ganga darosiga jasadlarni uloqtirishni to‘xtatishni talab qildi

© REUTERS / Adnan Abidi Mujchina s drovami proxodit mimo pogrebalnix kostrov vo vremya massovoy krematsii v Indii
Mujchina s drovami proxodit mimo pogrebalnix kostrov vo vremya massovoy krematsii v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu koronavirusdan vafot etgan insonlarning tana qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda mahalliy hukumat ushbu hodisani o‘rganish ishlarini boshlab yuborgan.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Hindiston hukumati vafot etgan insonlar jasadlarini Ganga darosiga uloqtirishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilmoqda, deya xabar qildi Hindistonning suv resurslarini boshqarish bo‘yicha vazirligi rahbari Gajendra Singx Shekxavat.
""Biz Gang darosiga jasadlarni ko‘mish muammosiga jiddiy yondashdik va uni taqiqlash choralarini ko‘rdik. Hindiston hukumati Gangni tozalash bo‘yicha milliy missiyasi va tuman ma’muriyati orqali barcha noma’lum jasadlarni protokol bo‘yicha utilizatsiya qilish choralarini ta’minlab beradi", - dedi u.
Mujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetiy v odejdu, napominayushuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rinku, prizivaya lyudey soblyudat protokoli bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Hindistonga "koronavirus shtormi" yopirildi: mamlakatda nimalar ro‘y bermoqda
Ilgariroq, Hindistonning Bixar shtati aholisi Ganga darosida 100ga yaqin odamlarning jasadlari qoldiqlarini aniqlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Taxminlarga ko‘ra, bu koronavirusdan vafot etganlar jasadlari bo‘lishi mumkin.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida shtat ma’muriyati 71 kishi jasadlarini tutib olganligi haqida xabar bergan, shtat politsiyasi hodisa bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlagan.
Mahalliy aholining fikricha, Ganga darosiga jasadlarning uloqtirilishi krematsiyalash bahosi o‘ta yuqoriligi yoki butun Hindiston bo‘ylab rekord ko‘rsatkichda avj olgan koronavirus kasalligi fonida dafn gulxanlarining mustaqil tashkil etilayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Indiyu dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordamini yubordi
Hindiston koronavirus infeksiyasi qayd etilganligi holati bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda kelmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni mamlakatda 22,6 milliondan oshib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0