Hodisalar

Jizzax shahar hokimi oʻrinbosari 2 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishRassmotreniye xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude
Rassmotreniye xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
U tadbirkorga qurilish-taʼmirlash boʻyicha oʻtkaziladigan terder savdolarini olib berishni vaʼda qilgan. Evaziga esa 2 ming dollar talab qilgan.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Jizzax shahar hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot v kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda “Yangi davr” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
U tadbirkorga shahardagi ijtimoiy soha obʼyektlarida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolarini olib berishni vaʼda qilgan. Evaziga esa 2 ming dollar talab qilgan.
Hokim birinchi oʻrinbosari kechki payt Jizzax shahri Jizzaxlik mahallasi hududida porani oʻzi boshqaruvidagi “Gentra” mashinasining orqa yuk xonasiga qoʻygan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 210-moddasi 2-qismi "v" bandi (Pora olish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Guliston hokimi oʻrinbosari pora olayotgan paytda ushlangani xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala