Iqtisod

Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatiga baho berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Prezidentning soʻzlariga koʻra, agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu koʻrsatkichlar ikki barobar koʻp boʻlardi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida respublikaning 2021 yil birinchi chorakdagi iqtisodiy muvaffaqiyatlariga baho berdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3 foizga, sanoat 3,8 foizga, qishloq xoʻjaligi 3,1 foizga oʻsgan. Davlat byudjeti daromadlari prognozga nisbatan qariyb 2 trillion soʻmga koʻpaygan. Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkichlar, albatta, yaxshi. Bunga erishish uchun qonunlar, qarorlar qabul qilib, juda katta imkoniyatlar yaratdik, mablagʻlar berdik.
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Prezident agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu koʻrsatkichlar ikki barobar koʻp boʻlgan boʻlishini taʼkidladi. Vazirliklarning “vertikal tizimi” ishlamayotganini tanqid qildi.
“Vazirlarda tashabbuskorlik, ularning oʻrinbosarlarida vakolat va javobgarlik yetishmayapti. Korruptsiyaga chek qoʻysak, joylarda tizim ishlasa, viloyat, tuman va shahar hokimlari masʼuliyatini oshirsa, iqtisodiyot oʻzi rivojlanadi”, - dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodyaщego v Tsindao Sammita SHOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Yigʻilishda ayrim tarmoq va hududlardagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, birinchi chorakda “Oʻzavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, “Oʻzbekneftgaz” tizimida 4,7 foiz, charm mahsulotlari tarmogʻida 10 foizga pasaygan. Soʻnggi yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamaygan. Shuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 1,1 trillion soʻm kamayishiga yoʻl qoʻyilgan.
Mirziyoyev bunday qoloqliklarni bartaraf etish, qoʻshimcha zaxiralarni topib, amalda ishga solish kerakligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala