Mirziyoyev mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatiga baho berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lardi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida respublikaning 2021-yil birinchi chorakdagi iqtisodiy muvaffaqiyatlariga baho berdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi chorakda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3 foizga, sanoat 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,1 foizga o‘sgan. Davlat budjeti daromadlari prognozga nisbatan qariyb 2 trillion so‘mga ko‘paygan. Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkichlar, albatta, yaxshi. Bunga erishish uchun qonunlar, qarorlar qabul qilib, juda katta imkoniyatlar yaratdik, mablag‘lar berdik.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Prezident agar hamma tarmoq rahbarlari “aravani tortganida” bu ko‘rsatkichlar ikki barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lishini ta’kidladi. Vazirliklarning “vertikal tizimi” ishlamayotganini tanqid qildi.
“Vazirlarda tashabbuskorlik, ularning o‘rinbosarlarida vakolat va javobgarlik yetishmayapti. Korrupsiyaga chek qo‘ysak, joylarda tizim ishlasa, viloyat, tuman va shahar hokimlari mas’uliyatini oshirsa, iqtisodiyot o‘zi rivojlanadi”, - dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodashego v Sindao Sammita ShOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
O‘zbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Yig‘ilishda ayrim tarmoq va hududlardagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, birinchi chorakda “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, “O‘zbekneftgaz” tizimida 4,7 foiz, charm mahsulotlari tarmog‘ida 10 foizga pasaygan. So‘nggi yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamaygan. Shuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1 trillion so‘m kamayishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mirziyoyev bunday qoloqliklarni bartaraf etish, qo‘shimcha zaxiralarni topib, amalda ishga solish kerakligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0