Mirziyoyev Qozondagi maktabda yuz bergan fojia munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSveti u gimnazii №175 na ulitse Djaudata Fayzi v Kazani, v kotoroy bivshiy uchenik gimnazii Ilnaz Galyaviyev otkril ogon. Yest pogibshie i postradavshie.
Sveti u gimnazii №175 na ulitse Djaudata Fayzi v Kazani, v kotoroy bivshiy uchenik gimnazii Ilnaz Galyaviyev otkril ogon. Yest pogibshie i postradavshie. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma haqidagi xabardan chuqur qayg‘uga tushganini va bu fojiadan larzaga kelganini ta’kidlagan
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon gimnaziyasida yuz bergan otishma tufayli rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo‘lladi.
"Fojiali voqea – Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo‘lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘u va larzaga soldi. Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qoralaymiz.
Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman", - deyiladi hamdardlik telegrammasida.
Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikka qayg‘udoshligi qo‘shimcha qilingan.
Strelba v shkole v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Qozon gimnaziyasidagi otishma - video
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ham Qozon shahridagi maktablarning birida sodir bo‘lgan mudhish hodisa munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirib qolgan.
"Vafot etganlarning yaqinlari bilan qattiq qayg‘udamiz. Jarohatlanganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilab qolamiz", - deyiladi hamdardlik maktubida.
11 may kuni ertalab Qozon shahridagi 175-sonli maktab-gimnaziyada 19 yoshli o‘spirin o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘qqa tutdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 kishi (7 nafar 8 sinf o‘quvchisi, o‘qituvchi va maktab xodimi) halok bo‘ldi, yana 21 kishi jarohat oldi.
Hujum qilgan shaxs Ilnaz Galyaviyev qo‘lga olindi, u to‘rt yil avval shu gimnaziyani tugatgan. Uning nomiga bu yil aprel oyida qurol rasmiylashtirilgan ekan.
12 may Tataristonda motam kuni deb e’lon qilindi. Qozondagi barcha maktablarda darslar bekor qilindi, tekshiruvlar boshlandi.
Bugun, 12-may kuni, Tataristonda motam kuni deb e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0