Mirziyoyev va Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi

© ADEM ALTAN / AFPPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Telefon suhbati avvalida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlagan va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilgan.
Palestines stoit pered ogromnoy voronkoy v ​​gorode Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Yong‘in, yo‘qotishlar, vayronalik: Isroil va G‘azo sektoridagi o‘q yog‘dirish oqibatlari
Davlat rahbarlari Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini qayd etdi. Bundan tashqari, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, transport, turizm, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.
“Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari Turkiy kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0