Jamiyat

Oddiy aholi qachondan Sputnik V vaktsinasi bilan emlanadi - Atabekov javobi

© RFPI23 aprelya v Uzbekistan bыla dostavlena pervaya partiya vaktsinы "Sputnik V"
23 aprelya v Uzbekistan bыla dostavlena pervaya partiya vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekovning aytishicha, faqat xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamigina koronavirusga qarshi toʻliq byudjet hisobidan emlanadi.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov Xatar darajasiga kirmagan oddiy aholi Sputnik V vaktsinasi bilan qachondan emlanishi boshlashi haqidagi savolga javob berdi.
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Jamiyat
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
"Oʻzbekiston Sputnik V vaktsinasini xarid qilish boʻyicha bir million dozaga buyurtma bergan. Shu paytgacha olib kelingan 100 ming doza vaktsina bilan 50 ming nafar aholi emlash bilan qamrab olindi. Albatta, qolgan vaktsinalarni ham Oʻzbekistonga olib kelinishi kutilayapti", - dedi Atabekov.
Atabekov taʼkidlashicha, faqat xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamigina koronavirusga qarshi toʻliq byudjet hisobidan emlanadi.
Bu aholi qatlamining umumiy soni 4 million 112 mingdan ortiqroqni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala