O‘zbekiston 4ta Airbus vertolotini sotib oladi

© ACHVertolet marki Airbus H125
Vertolet marki Airbus H125 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Helicopters 4 dona Airbus H125 va H130 vertolotlarini sotib oladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. UzAirways milliy aviakompaniyasining sho‘ba korxonasi - Uzbekistan Helicopters operatori 4 dona Airbus H125 va H130 vertolotlariga buyurtma berdi. Bu haqda “AviaStat” agentligi xabar qildi.
Uzbekistan Helicopters rahbari Aziz Safiullin ta’kidlashicha, Airbus H125 va H130 vertolotlari parvoz xizmatlari sifatini yanada oshiradi.
Vertoleti Mi-35 dlya voorujennix sil Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2020
Qozog‘iston O‘zbekistonni “vertolot poygasida” quvib o‘tishga harakat qilmoqda
Airbus Helicopters kompaniyasining O‘zbekistondagi savdo direktori Romen Lananing so‘zlariga ko‘ra, Ecureuil oilasiga kiruvchi ko‘p funksiyali va ishonchli vertolotlar respublika iqlim sharoitiga mos keladi.
H125 (ilgari AS350 B3e) baland tog‘li hudud va issiq iqlim sharoitida uchishi mumkin. Vertolot yo‘lovchilar uchun 6ta o‘rindiq, uchuvchilar uchun 1ta yoki 2ta o‘rindiqqa ega.
H130 vertoloti yo‘lovchi va VIP-tashuvlar, ekskursiya parvozlari, sanitariya aviatsiya va kuzatuv ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Salon 1ta uchuvchi va 7ta yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega. Tibbiyot xodimlari uchun model ham bor.
Yangiliklar lentasi
0