Siyosat

Oʻzbekiston Isroil va Falastinni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Oʻzbekiston Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini taʼminlash zarur deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Oʻzbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda. Bu haqda mamlakat TIV bayonot bilan chiqdi.
“Tomonlarni zoʻravonlikka chek qoʻyish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish boʻyicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini — status-kvoga rioya etilishini taʼminlash zarur deb hisoblaydi.
Bayonotda yozilishicha, Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq meʼyorlari, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar hamda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi lozim.
Stolknoveniya demonstrantov s politsiyey v Vostochnom Iyerusalime - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Video
Sharqiy Quddusdagi toʻqnashuvlar
Isroil va Falastinning Gʻazo sektori chegarasidagi vaziyat 10 may, dushanba kuni keskin keskinlashdi. 12 may tongida Xamas harakati Isroil hududiga mingdan ortiq raketa uchirdi. Tel-Aviv Gʻazo sektoriga zarba berishda davom etmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ikki kun ichida 48 kishi vafot etdi, shulardan 14 nafari bolalar va uch nafari ayollar, 300 nafardan ortik kishi yaralangan. Isroil hududida yetti kishi qurbon boʻlgan, 200 dan ortiq odam jarohat olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala