Iqtisod

Oʻzbekistonga toʻrt oyda qariyb 2 mlrd dollar pul oʻtkazmalari kelib tushdi

© SS0 / Unsplash / Infrarate.comKupyura, illyustrativnoye foto
Kupyura, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
2021 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etdi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga oshdi. Bundan Markaziy bank maʼlumotlari darak bermoqda.
Yanvar oyida Oʻzbekistonga 427 mln dollar, fevralda 464 mln dollar joʻnatilgan. Martda mamlakatga 525 mln dollar, aprelda esa 577 mln dollar kelib tushgan.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Iqtisod
Uch oy ichida Oʻzbekistonga 1,42 milliard dollar oʻtkazma joʻnatildi
Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul oʻtkazmalari miqdori 478 mln dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo qariyb 1,52 mlrd dollarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari hajmi 1,42 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
Oʻtgan yili esa Oʻzbekistonga 6 mlrd dollardan ziyod pul oʻtkazmalari kelib tushgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala