Migratsiya

Oʻzbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Yevropa davlatlariga ishga jalb qilinadi

© Press-slujba Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy RUzSostoyalas vstrecha sovetnika premyer-ministra Mexriddina Xayriddinova s chlenami delegatsii shveytsarskoy organizatsii Globogate Recruiting GmbH
Sostoyalas vstrecha sovetnika premyer-ministra Mexriddina Xayriddinova s chlenami delegatsii shveytsarskoy organizatsii Globogate Recruiting GmbH - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveytsariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolandi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Oʻzbekistondan oʻrta boʻgʻin tibbiyot mutaxassislari Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga ishga jalb qilinadi. Tegishli shartnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveytsariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti oʻrtasida imzolandi.
Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov “Globogate Recruiting GmbH” rahbariyati bilan uchrashuvda Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilgan.
Zarubejnыe stranы. Germaniya. Berlin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Migratsiya
Fuqarolarni ishlash uchun Germaniya va Niderlandiyaga yuborish masalasi muhokama qilindi
Shuningdek, Oʻzbekistonda tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushi va geografiyasini kengaytirish, tashqi mehnat bozori istiqbollarini oʻrganish orqali fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Maʼlumot oʻrnida, “GLOBOGATE Recruiting GmbH” kompaniyasi 2016 yilda Germaniyaning sogʻliqni saqlash muassasalariga uchinchi davlatlardan tibbiy xodimlarni jalb qilish jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Shveytsariyaning Tsug shahrida tashkil etilgan.
Kompaniya oʻz mutaxassislarini GGR tarmogʻi (mahalliy agentliklar, til maktablari) orqali hamshiralarni doimiy jalb qilish uchun barqaror va innovatsion manbalarni ishlab chiqadi va taqdim etadi. Ayni paytda kompaniya 300 dan ortiq nemis shifoxonalariga xizmat koʻrsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala