O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Yevropa davlatlariga ishga jalb qilinadi

© Press-slujba Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy RUzSostoyalas vstrecha sovetnika premyer-ministra Mexriddina Xayriddinova s chlenami delegatsii shveysarskoy organizatsii Globogate Recruiting GmbH
Sostoyalas vstrecha sovetnika premyer-ministra Mexriddina Xayriddinova s chlenami delegatsii shveysarskoy organizatsii Globogate Recruiting GmbH - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o‘rtasida shartnoma imzolandi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistondan o‘rta bo‘g‘in tibbiyot mutaxassislari Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga ishga jalb qilinadi. Tegishli shartnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o‘rtasida imzolandi.
Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov “Globogate Recruiting GmbH” rahbariyati bilan uchrashuvda Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilgan.
Zarubejnie strani. Germaniya. Berlin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Fuqarolarni ishlash uchun Germaniya va Niderlandiyaga yuborish masalasi muhokama qilindi
Shuningdek, O‘zbekistonda tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushi va geografiyasini kengaytirish, tashqi mehnat bozori istiqbollarini o‘rganish orqali fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, “GLOBOGATE Recruiting GmbH” kompaniyasi 2016-yilda Germaniyaning sog‘liqni saqlash muassasalariga uchinchi davlatlardan tibbiy xodimlarni jalb qilish jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Shveysariyaning Sug shahrida tashkil etilgan.
Kompaniya o‘z mutaxassislarini GGR tarmog‘i (mahalliy agentliklar, til maktablari) orqali hamshiralarni doimiy jalb qilish uchun barqaror va innovatsion manbalarni ishlab chiqadi va taqdim etadi. Ayni paytda kompaniya 300 dan ortiq nemis shifoxonalariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0