Iqtisod

Prezident aholining yogʻ va goʻshtga boʻlgan talabini qondirish boʻyicha koʻrsatma berdi

Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Joriy yilda chorvachilik yoʻnalishida mingta, parrandachilikda 277 ta korxonani ishga tushiriladi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yilda chorvachilik yoʻnalishida mingta, parrandachilikda 277 ta korxonani ishga tushirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 1 million gektardan ziyod asosiy maydonlarda hamda ekinlardan boʻshaydigan yerlarda sabzavot, kartoshka, sholi, poliz va ozuqa mahsulotlarini yetishtirish moʻljallangan.
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻi tanqisligi boʻlishi mumkinmi?
Prezident yogʻ-moy mahsulotlariga aholi talabini qondirish maqsadida joriy yilda 246 ming tonna moyli ekinlar yetishtirib, 86 ming tonna moy ishlab chiqarish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berdi.
Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻi narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar koʻrilmoqda - MQKQ
Avvalroq mamlakatda oʻsimlik yogʻi narxi sezilarli oshgan edi va bu aholining jiddiy xavotiriga sabab boʻldi. Hukumat ichki bozorlarda oʻsimlik yogʻi narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida uni QQSdan ozod qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala