Qozog‘istonning g‘arbiy qismiga yoppasiga O‘zbekistondan migrantlarni olib kirishmoqda

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii118 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v Kazaxstan
118 grajdan Uzbekistana viexali na rabotu v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Mahalliy aholi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishni istamaydi, bo‘sh ish o‘rinlariga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini olishmoqda
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qirg‘izistonning G‘arbiy qismiga qo‘shni O‘zbekistondan migrantlarning katta oqimi kirib kelishi kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston KTK telekanaliga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, mahalliy aholi og‘ir jismoniy mehnatdan voz kechmoqda, migrantlar esa bunday ishni bajonidil bajaradi, deb xabar bermoqda. Shu bois ham ish beruvchilar boshqa mamlakatlardan ishchilarni tanlashmoqda.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Mehnat migrantlari uchun 10-yillik elektron hujjat joriy etiladi
Shu kunlarda regionga O‘zbekistondan 600 kishi kirib kelgan. Ular asosan qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnat qilishmoqda.
"Migrantlar yaxshi ishlashmoqda. Mahalliy aholi esa ishni boshlab, uni oxiriga yetkazmaydilar. Birdaniga ishdan bo‘shab, ertasi kuni ishga chiqishmaydi. Mahalliy ishchilar bilan ishlagandan ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari bilan ishlagan ma’qul. Ularni meva-sabzavotlar yig‘imiga jalb qilamiz", - deb xabar qilgan qishloq xo‘jaligi ijrochi direktori Akturlan Yermanov.
O‘zbekistondan migrantlarning yo‘l kirasi ish beruvchilar tomonidan qoplanmoqda. Har bir migrant 220 ming tenge (515 dollar)ga tushmoqda. Migrantlar hozirda qishloq-xo‘jaligi ishlarini oyiga 100 ming tenge haq evaziga bajarishmoqda. Mahalliy aholini bunday maosh qoniqtirmaydi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan oyda regionda dvorniklar taqchilligi muammosi hal etilgan. Viloyatga 70 kishi olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0