Rossiya

Rossiyada baxtli yashash uchun necha pul kerak?

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishBanknotы nominalom 1000, 2000 i 5000 rubley.
Banknotы nominalom 1000, 2000 i 5000 rubley. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Eng katta maosh talab qiluvchilar, bu moskvaliklar – 224 ming rubl, Vladivostok aholisiga esa – 200 ming, Sankt-Peterburgliklarga – 183 ming boʻlsa kifoya.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Rossiyaliklar oʻzini baxtli his qilishi uchun oʻrtacha 173 ming rubl maosh kerak, deb xabar qilmoqda RIA Novosti SuperJob ish qidirish xizmatiga asosan.
14 apreldan 10 mayga qadar oʻtkazilgan soʻrovda 2,5 mingga yaqin iqtisodiy faol fuqarolar ishtirok etgan. Respondentlarning barchasining yoshi 18 dan yuqori boʻlib, ular 541 ta aholi punktida istiqomat qilishadi. Moskva va Sankt-Peterburgdan 1000 kishidan odam ishtirok etgan.
“Baxtli boʻlish uchun rossiyaliklarga oyiga oʻrtacha 173 ming rubl maosh kerak. Bu yanvarda oʻtkazilgan xuddi shunday soʻrov natijasidan (166 ming) biroz yuqori boʻlsada, 2017 yildagi koʻrsatgichdan (184 ming) - past”, - deyilgan xabarda.
Shu oʻrinda aytish joizki aholini qoniqtiradigan maosh miqdori 2015 yilda - 175 ming, 2018 yilda — 159 ming, 2019 yilda— 161 ming va 2020 yilda — 155 ming rublni tashkil qilgan edi.
Eng katta maosh talab qiluvchilar, bu moskvaliklar – 224 ming rubl, Vladivostok aholisiga esa – 200 ming, Rostov-na-Donu aholisiga – 195 ming, sankt-peterburgliklarga – 183 ming rubl boʻlsa kifoya. Maoshga talabi eng kichik boʻlgan viloyatlar bu Kirov – 132 ming, Orenburg – 136 ming, Lipetsk – 137 ming rubl.
Shuningdek, erkaklar ayollardan koʻra yuqoriroq maosh istashadi, (192 – 155 ming). Yosh va hamda 25 – 34 yoshlilar orasida - 164 ming, 35-44 yoshlilara orasida esa maosh 198 ming boʻlishi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala