Dunyoda

"Tolibon"* Ramazon hayiti arafasida uch kunlik vaqtinchalik sulh eʼlon qildi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi "Oʻzbekiston muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afgʻonistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi", deya bayonot eʼlon qildi.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. "Tolibon harakati"* Afgʻonistonda musulmonlarning muqaddas oyi tugashi munosabati bilan nishonlanadigan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan uch kunlik vaqtinchalik sulh eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu munosabat bilan "Oʻzbekiston muqaddas Ramazon Hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afgʻonistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi", deya bayonot eʼlon qildi.
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Kolumnistlar
Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yoʻq
"Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan oʻt ochishning toʻxtalishi Afgʻonistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni oʻrnatish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afgʻonistonni bunyod etishda keng koʻlamli yordam berishga qatʼiy sodiqligini yana bir bor bildiradi", - deyiladi bayonot matnida.
"Tolibon" oʻtgan yilda ham Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan jangovar harakatlarni vaqtinchalik toʻxtatgan edi. Joriy yilda bayram terrorchilar va hukumat kuchlari oʻrtasida mojaro avj olgan pallaga toʻgʻri keldi: bir hafta oldin Lashkargoh shahriga toliblarning hujumi boshlangan edi. Jangovar harakatlar amerika harbiylarining mamlakatdan chiqarilishi fonida yana qayta avj olmoqda.
* Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik uyushmasi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala