"Tolibon"* Ramazon hayiti arafasida uch kunlik vaqtinchalik sulh e’lon qildi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi "O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi", deya bayonot e’lon qildi.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. "Tolibon harakati"* Afg‘onistonda musulmonlarning muqaddas oyi tugashi munosabati bilan nishonlanadigan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan uch kunlik vaqtinchalik sulh e’lon qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu munosabat bilan "O‘zbekiston muqaddas Ramazon Hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi", deya bayonot e’lon qildi.
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexoti Chinuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yo‘q
"Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi. O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat’iy sodiqligini yana bir bor bildiradi", - deyiladi bayonot matnida.
"Tolibon" o‘tgan yilda ham Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan jangovar harakatlarni vaqtinchalik to‘xtatgan edi. Joriy yilda bayram terrorchilar va hukumat kuchlari o‘rtasida mojaro avj olgan pallaga to‘g‘ri keldi: bir hafta oldin Lashkargoh shahriga toliblarning hujumi boshlangan edi. Jangovar harakatlar amerika harbiylarining mamlakatdan chiqarilishi fonida yana qayta avj olmoqda.
* Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik uyushmasi.
Yangiliklar lentasi
0