Iqtisod

Toshkent va Pekin transmilliy temir yoʻl qurilishini tezlashtirishga kelishib olishdi

CC0 / Unsplash / Artem Maltsev Jeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Xitoy va Oʻzbekiston Qirgʻiziston orqali oʻtgan transmilliy temir yoʻl hamda multmodal transport koridori qurilishini tezlashtirishga kelishib olishdi.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Toshkent va Pekin "Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston" temir yoʻlini loyihalashtirish va qurish ishlarini jadallashtirishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
2021-yilning 11-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tsian shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” multimodal transport marshrutini rivojlantirish va “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasini birgalikda hayotga tatbiq qilish boʻyicha tezroq amaliy choralar koʻrishning dolzarbligi qayd etildi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari vazirlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, Afgʻonistonda mustahkam tinchlikka erishishga va uning iqtisodiyotini tiklashga koʻmaklashish mexanizmlarini ham muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala