Toshkent va Pekin transmilliy temir yo‘l qurilishini tezlashtirishga kelishib olishdi

CC0 / Unsplash / Artem Maltsev Jeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Xitoy va O‘zbekiston Qirg‘iziston orqali o‘tgan transmilliy temir yo‘l hamda multmodal transport koridori qurilishini tezlashtirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Toshkent va Pekin "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘lini loyihalashtirish va qurish ishlarini jadallashtirishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
2021-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” multimodal transport marshrutini rivojlantirish va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda hayotga tatbiq qilish bo‘yicha tezroq amaliy choralar ko‘rishning dolzarbligi qayd etildi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari vazirlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga va uning iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish mexanizmlarini ham muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0