Jamiyat

Toshkentda Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan qator koʻchalarda harakat toʻxtatiladi

© AFP 2018 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Poytaxtning qator koʻchalarida 12 may soat 24.00 dan 13 may 7.00 ga qadar quyidagi transport vositalari harakati toʻxtatiladi.
TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 12 may soat 24.00 dan 13 may 7.00 ga qadar quyidagi koʻchalarda transport vositalari harakati toʻxtatiladi:
Olmazor tumani:
1) “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy koʻchasi – Farobiy – Chimboy koʻchalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
2) "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Qodiriy koʻchalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasigacha
Shayxontoxur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uygʻur koʻchasi – Nurafshon – Uygʻur koʻchalari chorrahasidan Uygʻur – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
1) “Ubay ibn Kaʼb” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
2) "Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
3) “Shayx” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
Uchtepa tumani:
1) “Abdullox ibn maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani koʻchalari chorrahasigacha.
2) “Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek koʻchasi – Nazarbek – YU.Sakkokiy koʻchalari chorrahasidan Nazarbek –Uygʻur chorraxasigacha.
Yunusobod tumani:
1) “Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY –SH.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
2) “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – A.Temur – Bogʻishamol koʻchasidan Bogʻishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Magʻzun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Choʻlponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qoʻliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala