Siyosat

“Xitoy – Markaziy Osiyo”: TIV rahbarlari dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Ministerstvo inostrannыx del Respubliki KazaxstanMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Siane prinyal uchastiye vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate "Kitay – Tsentralnaya Aziya".
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Siane prinyal uchastiye vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate Kitay – Tsentralnaya Aziya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Sian shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari qatnashdi.
Goroda mira. Shanxay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Siyosat
“Xitoy-Markaziy Osiyo” TIV uchrashuvi: muhokama qilinadigan masalalar
Uchrashuvda oʻzaro ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, transport yoʻlaklari bogʻliqligiga koʻmaklashish va uzluksiz savdoga keng yoʻl ochish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʻrtasidagi faol muloqot oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, barqaror ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladi, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Transport va kommunikatsiya, savdo, investitsiya, energetika, bojxona, turizm va taʼlim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy qilishning zarurligi taʼkidlandi.
Infratuzilma va multimodal yuk tashish sharoitlarini yaxshilash, Markaziy Osiyoning global transport koridorlari tizimiga integratsiyalashuvi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodyaщego v Tsindao Sammita SHOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston TIV rahbari mazkur muloqot shakli doirasidagi sheriklarni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish toʻgʻrisidagi tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari hududlari, ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada ilgari surish oʻzaro manfaatli sheriklikning mavjud salohiyatini amalga oshirishning muhim faktorlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Vazirlar afgʻon muammosini hal qilishga qaratilgan tinchlik muzokaralari jarayonini ilgari surish masalalari boʻyicha fikr almashdi, Afgʻonistondagi vaziyatning tez muddatlarda barqarorlashuvi va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashishga umumiy qiziqish bildirdi.
Tadbir yakunida “Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi shaklini tashkil etish toʻgʻrisidagi Memorandum, Afgʻoniston boʻyicha, COVID-19 bilan kurashishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida, Hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotlar qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala