Siyosat

Yaponiya Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmakni kengaytirishga tayyorligini bildirdi

© Flickr / Mj-birdFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Yaponiya Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmakni kengaytirishga tayyor. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan telefon orqali muloqot davomida maʼlum boʻldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, muloqatda Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mirziyoyev mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar dasturini faol qoʻllab-quvvatlayotgani hamda koronavirusga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yengib oʻtishda koʻrsatilgan yordam uchun Yaponiya bosh vaziri va hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Yaponiya bosh vaziri, oʻz navbatida, yangilanishlarni yanada ilgari surish, zamonaviy sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmakni kengaytirishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Yaponiya tomoni Toshkent Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish va oʻgʻirlangan yapon fuqarolarini qaytarish masalasini muttasil qoʻllab-quvvatlayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston prezidenti JISA agentligi, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan samarali sheriklikni yuksak baholadi. Oʻtgan yilda, global inqiroz va karantin cheklovlariga qaramay, yaponiyalik sarmodor va mutaxassislar bilan birgalikda Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishi, Navoiy IESni kengaytirishning ikkinchi bosqichi, “Navoiyazot” korxonasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik quvvatlarni ishga tushirish kabi ustuvor loyihalar amalga oshirildi.
Oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ekani alohida taʼkidlandi.
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.03.2021
Jamiyat
Yaponiya Oʻzbekistonga 2ta kredit ajratadi
Davlat rahbarlari qoʻshma biznes loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali vositalarini joriy etish tashabbusini maʼqulladilar.
Shuningdek, xalqaro kun tartibi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.
Yaponiya Bosh vaziri joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligiga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyani qoʻllab-quvvatlashini va uning ishida ishtirok etishini taʼkidladi.
Kalkulyator - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2020
Iqtisod
Yaponiya va Koreya bilan daromad soliqlariga oid shartnoma tasdiqlandi
Suhbat soʻngida Mirziyoyev Tokio shahridagi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi hamda bosh vazir Yosexide Sugani mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala