https://oz.sputniknews.uz/20210513/afp-uchta-davlat-falastin-va-isroil-tufayli-bmt-xk-kengashi-chaqirilishini-soradi-18705743.html
AFP: uchta davlat Falastin va Isroil tufayli BMT XK kengashi chaqirilishini so‘radi
AFP: uchta davlat Falastin va Isroil tufayli BMT XK kengashi chaqirilishini so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi. 13.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-13T09:18+0500
2021-05-13T09:18+0500
2021-05-13T09:18+0500
dunyoda
isroil
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0c/18700317_0:10:3115:1762_1920x0_80_0_0_3fce94bf30f0dd88df985d18dcfc0bd1.jpg
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Xitoy, Norvegiya va Tunis Isroil va Falastin o‘rtasida ziddiyat kuchaygani munosabati bilan juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qilmoqda.Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga tayangan holda xabar berdi.Xabarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan ochiq yig‘ilish Isroil va Falastin tomonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, BMT XK shu haftada ushbu masalaga bag‘ishlab ikkita virtual formatdagi yig‘ilishni o‘tkazgan.Sal avval BMTdagi manba RIA Novostiga Falastin-Isroil mojarosi zonasidagi vaziyat to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan bayonot qabul qilinishiga birgina AQSh to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi.Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.Isroil aholi punktlarining raketa yordamida deyarli to‘xtovsiz o‘qqa tutilishi oqibatida olti nafar isroillik halok bo‘ldi, 200dan ziyodi jarohatlandi.Isroil G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni amalga oshirdi va Falastin XAMAS uyushmalari va "Islom jihodi" nishonlarini yo‘q qildi. Natijada bir necha jangarilar, jumladan, yuqori martabali dala qo‘mondonlari yo‘q qilindi.Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 67 kishi vafot etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210512/ozbekiston-isroil-va-falastinni-zoravonlikka-chek-qoyishga-chaqirdi-18699267.html
https://oz.sputniknews.uz/20210512/yongin-yoqotishlar-vayronalik-isroil-va-gazo-sektoridagi-oq-yogdirish-oqibatlari-18700286.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0c/18700317_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_a8d10a4899b1a7f0d14cffa529ff8da6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, isroil, falastin
dunyoda, isroil, falastin
AFP: uchta davlat Falastin va Isroil tufayli BMT XK kengashi chaqirilishini so‘radi
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Xitoy, Norvegiya va Tunis Isroil va Falastin o‘rtasida ziddiyat kuchaygani munosabati bilan juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Bu haqda
RIA Novosti Frans Press agentligiga tayangan holda xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan ochiq yig‘ilish Isroil va Falastin tomonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, BMT XK shu haftada ushbu masalaga bag‘ishlab ikkita virtual formatdagi yig‘ilishni o‘tkazgan.
Sal avval BMTdagi manba RIA Novostiga Falastin-Isroil mojarosi zonasidagi vaziyat to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan bayonot qabul qilinishiga birgina AQSh to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi.
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
Isroil aholi punktlarining raketa yordamida deyarli to‘xtovsiz o‘qqa tutilishi oqibatida olti nafar isroillik halok bo‘ldi, 200dan ziyodi jarohatlandi.
Isroil G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni amalga oshirdi va Falastin XAMAS uyushmalari va "Islom jihodi" nishonlarini yo‘q qildi. Natijada bir necha jangarilar, jumladan, yuqori martabali dala qo‘mondonlari yo‘q qilindi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 67 kishi vafot etgan.