AFP: uchta davlat Falastin va Isroil tufayli BMT XK kengashi chaqirilishini so‘radi

© AFP 2023 / Mohammed AbedPojarnie tushat gorashie mnogokvartirnie doma posle izrailskix aviaudarov v gorode Gaza
Pojarnie tushat gorashie mnogokvartirnie doma posle izrailskix aviaudarov v gorode Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Xitoy, Norvegiya va Tunis Isroil va Falastin o‘rtasida ziddiyat kuchaygani munosabati bilan juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga tayangan holda xabar berdi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
Xabarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan ochiq yig‘ilish Isroil va Falastin tomonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, BMT XK shu haftada ushbu masalaga bag‘ishlab ikkita virtual formatdagi yig‘ilishni o‘tkazgan.
Sal avval BMTdagi manba RIA Novostiga Falastin-Isroil mojarosi zonasidagi vaziyat to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan bayonot qabul qilinishiga birgina AQSh to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi.
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
Palestines stoit pered ogromnoy voronkoy v ​​gorode Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Yong‘in, yo‘qotishlar, vayronalik: Isroil va G‘azo sektoridagi o‘q yog‘dirish oqibatlari
Isroil aholi punktlarining raketa yordamida deyarli to‘xtovsiz o‘qqa tutilishi oqibatida olti nafar isroillik halok bo‘ldi, 200dan ziyodi jarohatlandi.
Isroil G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni amalga oshirdi va Falastin XAMAS uyushmalari va "Islom jihodi" nishonlarini yo‘q qildi. Natijada bir necha jangarilar, jumladan, yuqori martabali dala qo‘mondonlari yo‘q qilindi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 67 kishi vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0