Analitika

AQSH Afgʻonistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻchirishga umid qilmoqda

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
AQSH Afgʻoniston bilan qoʻshni boʻlgan davlatlarda oʻz harbiy bazalarini joylashtirish imkoniyatini oʻrganmoqda.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqargandan soʻng harbiy bazalarni Markaziy Osiyoda joylashtirish variantlarini koʻrib chiqmoqda, dedi AQSH Mudofaa vazirining Hindiston va Tinch okeani mintaqasi xavfsizligi masalalari boʻyicha yordamchisi Devid Xelvi AQSH Vakillar Palatasining Qurolli kuchlar qoʻmitasida boʻlib oʻtgan tinglovda.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
Bunday chora oʻrganilishidan maqsad, Afgʻoniston hududidagi terrorchilarga qarshilik koʻrsatish ekanligi qoʻshimcha qilingan.
"Biz tahdidlarni kuzatish va toʻxtatish imkoniyatlarini saqlab qolishga qodir boʻlish maqsadida mintaqada harbiylarni va razvedka imkoniyatlarini saqlab qolish variantlarini oʻrganishni istar edik", - deb aytgan Xelvi AQSH Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda amerika bazalarini joylashtirishi haqidagi savolga izoh berar ekan.
U shuningdek, AQSH harbiy rahbariyati Afgʻoniston ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini saqlab qolishga umid qilayotganini qoʻshimcha qilgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Pentagon vakili shu bilan birga, hozircha amerika bazalarini joylashtirish boʻyicha ushbu respublikalar bilan aniq kelishuvlarga erishilmaganini qayd etgan.
"Bizning bu mamlakatlarning birortasi bilan kelishuvimiz yoʻq. Ammo barcha variantlarni koʻrib chiqyapmiz", - degan Xelvi.
Sal avval amerika biznes nashri boʻlgan Wall Street Journal AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yoʻqligi haqida xabar qilgan edi.
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Kolumnistlar
Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yoʻq
Prezident Jo Bayden maʼmuriyati vakillari va ayrim harbiylar fikricha, qoʻshinlarni Afgʻoniston bilan umumiy chegaraga ega boʻlgan Oʻzbekiston va Tojikistonda joylashtirish ayni muddao boʻlur edi. Bu zarurat tugʻilganida mamlakatga kirish imkonini berardi.
Ammo baʼzi manbalar, Rossiyaning "katta harbiy mavjudligi" va tobora oshib borayotgan Xitoy taʼsiri tufayli bu respublikalarda bazalarni joylashtirish murakkab ishligini taʼkidlashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala