Ar-Riyod–Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marta muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

© AFP / FAYEZ NURELDINESamolyot aviakompanii "Flynas"
Samolyot aviakompanii Flynas - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonida O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyushtirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Saudiya Arabistonining “Flynas” aviakompaniyasi joriy yil 12-iyundan boshlab Ar-Riyod–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mazkur aviakompaniya vakillari o‘rtasida kechgan onlayn muloqot davomida ma’lum bo‘ldi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, muloqotda Saudiya Arabistonida O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib etish orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyushtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Saudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tisach tonn finikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi
“Flynas” parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, O‘zbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, u yerda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0